Salomatlik Goʼzallik Ko‘z atrofida ajin paydo bo‘lishiga olib keluvchi 8 xato

Ko‘z atrofida ajin paydo bo‘lishiga olib keluvchi 8 xato

O'qildi: 321


Ko‘z atrofida ajin paydo bo‘lishiga olib keluvchi 8 xato

Ko‘z atrofi eng ingichka va nozik teridan iborat. Uning uchun tananing boshqa terilariga nisbatan alohida parvarish lozim. Ammo ko‘pchilik bunga uncha ham ahamiyat bermaydi. Natijada ko‘z atrofida ajinlar paydo bo‘lishi kuzatiladi. Albatta, yosh bilan bog‘liq bo‘lgan ajinlardan saqlanib bo‘lmaydi, shuningdek, ularning yana bir sababi tabassumdir. Shunga qaramay, ko‘z atrofidagi terini parvarish qilishda uchraydigan xatolar mavjud bo‘lib, ular har qanday insonga muddatidan avval qarishga imkon beradi.

Foto: Cosmopolitan

Juda issiq yoki sovuq suv bilan yuvish

Bu har qanday o‘ziga g‘amxo‘rlik qiluvchi ayolning xatosi. Ko‘z atrofi terisini yuvishda suv xona harorati yoki 23—24 daraja bo‘lishi kerak. Ammo muzli yoki juda qaynoq suv aksincha ziyon yetkazishi mumkin. Ba’zida muz bo‘laklari ko‘z ostiga qo‘yiladi, ammo bu hech qanday parvarish turiga kirmaydi. Teri bundan shunchaki aziyat chekadi. Xuddi shu hol issiq suvga ham tegishli bo‘lib, bu orqali teri shikastlanishi va ajin tushishi kuzatiladi.

Ko‘zdagi bo‘yoqlarni yuvishda maxsus vositadan foydalanish kerak

Makiyajni yuvishda qo‘llaniladigan maxsus gel va ko‘piklar yuz terisi uchun mo‘ljallangan va ko‘z atrofi uchun foydalanmaslik haqida ko‘rsatma mavjud. Ushbu ma’lumot haqiqatan ham foydali bo‘lib, uni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas. Butun yuzning terisi va ko‘z atrofidagi nozik teriga alohida parvarish kerak. Shuning uchun ko‘z qovog‘idagi kosmetik vositalarning qoldiqlarini maxsus ko‘pik bilan tozalash kerak.

Ko‘z atrofi uchun yuz kremidan foydalanish mumkin emas

Xuddi makiyajni tozalash kabi yuz uchun mo‘ljallangan kremdan ko‘z atrofi terisi uchun foydalanish mumkin emas. Garchi yuz kremi qanchalar sifatli va qimmat bo‘lmasin, ko‘z atrofi terisi uchun alohida maxsus vositadan foydalanish tavsiya etiladi.

Terini namlantirishga ko‘proq e’tibor berish kerak

Ajinlar paydo bo‘lishining yana bir sababi — terining qurishidir. Yaxshi namlangan teri silliq holatda bo‘ladi, bu ko‘z atrofi terisi uchun juda muhim. Chunki ushbu sohada mushak va teriosti yog‘lari mavjud emas, shuning uchun qurishga ko‘proq moyil. Maxsus namlantiruvchi vositadan kuniga ikki marotaba, pardozdan avval va uni tozalagandan keyin surish kerak.

Maxsus kremlardan noto‘g‘ri foydalanish

Ko‘z atrofiga kremlarni yengil harakat bilan surish kerak. Terini cho‘zish orqali emas, balki barmoq uchida asta urish orqali amalga oshirish lozim. Shuningdek, harakatlar ichki burchakdan tashqi burchakka, ko‘z atrofi hududi va yana tashqi tomondan ichki burchak tomon bo‘lishi kerak. Ushbu oddiy yengil harakatlar qon aylanishini yaxshilab, terini yanada mustahkamlaydi.

Quyosh nuridan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqish lozim

Ko‘zoynaksiz quyosh nurlari ostida nafaqat ko‘zlar, balki butun yuz qismini qiynashga to‘g‘ri keladi. Shu orqali ko‘z atrofi terisi g‘ijimlanishga ko‘nikadi. Shuning ortidan ajinlar osongina paydo bo‘ladi. Oldini olish uchun hamisha ko‘zoynakdan foydalanish kerak.

Makiyaj bilan uxlash odatidan voz kechish kerak

Hamma yuzda kosmetik vositalar bilan uxlash mumkin emasligini juda yaxshi biladi. Sababi tunda teri ishlab chiqaruvchi yog‘lar va kosmetik vositalar aralashib, zararli moddalarga aylanadi va teriga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Yuzda turli xil toshmalar, dog‘ va ajin paydo bo‘lishiga imkon bermaslik uchun iloji boricha yuzni kosmetik vositalardan xalos qilgan holda uyquga ketish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.