Ko‘z atrofidagi terini parvarish qilishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Ko‘z atrofidagi teri tezroq qarishini ko‘pchilik bilsa ham nima uchundir maxsus parvarish qilishni unutib qo‘yadi. Yuzingizga odatiy krem sursangiz-u, qolganini ko‘z ostiga taqsimlab yuborsangiz, darhol bu odatdan voz kechish tavsiya qilinadi. Buning o‘rniga qo‘shimcha oziqlantiradigan, qora dog‘ va shishlarning oldini oladigan maxsus vositalardan foydalaning. Harper’s Bazaar nashri bu ko‘z atrofidagi terini parvarish qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Foto: Marie ClaireYuz va ko‘z makiyajni tozalash uchun bir vositadan foydalanish
Yuz terisidagi makiyajni o‘chirish uchun mo‘ljallangan kosmetika, nafaqat uni balki terini ortiqcha yog‘lardan ham tozalashga mo‘ljallangan. Ko‘z atrofidagi poralar shunchalik kichkinaligidan unda kirlar to‘planmaydi. Aynan shu sabab ham odatda makiyajni o‘chirishga mo‘ljallangan vositalar ko‘z terisi atrofidagi terini quritib yuborishi bu esa ajin tushishiga olib kelishi mumkin.
Yetarlicha namlantirmaslik
Siz yuz uchun foydalanadigan matoli niqob xuddi makiyaj o‘chirishga mo‘ljallangan vosita singari samara bermasligi mumkin. Shu sabab ham bunday niqobdan foydalanishdan avval ostiga gidrogelli patchi qo‘yishni unutmang. Bu to‘liq namlantirishga yordam berishi mumkin.
Kosmetik vositalardan haddan ortiq ko‘p foydalanish
Ko‘pchilik ko‘z atrofidagi terini parvarish qilishni boshlaganidan keyin qovoqlar shishishni boshlaganini payqab, bu fikrdan qaytib qoladi. Albatta, bu muammo organizmning reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ammo aksariyat hollarda bunga foydalanadigan kosmetika miqdorining ko‘pligi sabab bo‘ladi. Ko‘z atrofidagi teri maydoni katta emasligi hisobiga taxminan guruchdek vosita kerak bo‘ladi. Ko‘payib ketsa, kipriklar va shilliq qavatga tegib, shish va kamchiliklar keltirib chiqaradi.
Quyosh nurlaridan himoyalanmaslik
Ultrabinafsha nurlari teriga zarar yetkazishi mumkinligi sababli nafaqat issiq, balki sovuq mavsumda ham quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanish muhim sanaladi. Aks holda ko‘z atrofidagi nozik teriga zarar yetishi mumkin. Shuningdek, quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqishni ham unutmaslik kerak.
Manba