Niqobdan ko‘ra foydaliroq: Nima uchun yuz terisini muz bo‘laklari bilan artish kerak?
Do‘konlarda turli xil yuz niqoblari sotiladi, lekin xuddi qimmat go‘zallik mahsulotlari kabi muammolardan xalos bo‘lishga yordam beradigan an’anaviy usullardan foydalanish va buning uchun pul ham sarflamaslik mumkin. Buning uchun faqatgina muz bo‘laklari kerak bo‘ladi. Agar ular bilan yuzni artsa nima bo‘ladi?Grazia nashri ushbu savolga javob berdi.
Foto: GraziaHusnbuzarlar kamayadi
Muz bo‘laklari yallig‘langan terini tinchlantiradi, ko‘z atrofi terisni tortadi va hunbuzar paydo bo‘lishining asosiy aybdorlaridan biri bo‘lgan sebum ishlab chiqarishni tartibga soladi. Ushbu muolaja ayniqsa yog‘li teriga egalari uchun foydalidir. Bu yuzdagi ortiqcha yaltirashdan xalos bo‘lishga yordam beradi va toshmalar toshishining oldini oladi.
Yuz terisini tovlanishni boshlaydi
Tabiiy yorqinlik sog‘lom terining belgilaridan biridir. Muz bo‘laklari bu ta’sirga erishishga yordam beradi — u qon oqimini yaxshilaydi, shundan so‘ng teriga ko‘proq vitamin va ozuqaviy moddalar kirib boradi. Agar jarayon parvarishlash vositalarini qo‘llashdan oldin amalga oshirilsa, ularning ta’sirini oshiradi.
Ko‘z ostidagi xalta va qora dog‘lar yo‘q bo‘ladi
Uyqusiz tunlar ko‘pincha ko‘zlarning shishishiga olib keladi. Muz shishni yengillashtiradi va terining qoraygan joylarini bartaraf etadi. Agar tez-tez qora dog‘lar va xaltalar kabi muammoga duch kelsangiz, uni yo‘q qilish uchun muzga ozgina bodring sharbatini qo‘shish tavsiya etiladi. Bu yanada samarali bo‘ladi!
Muz bo‘laklarini yuzga qanday to‘g‘ri qo‘llash kerak?
Ko‘pchilik muz bo‘laklarini bevosita teriga qo‘llash orqali jiddiy xato qiladi. Bu qizarish xususiyatini keltirib chiqarishi mumkin. Teriga zarar bermaslik uchun ishlatishdan oldin muzlarlarni yumshoq paxta mato bilan o‘rash tavsiya etiladi. Yuz dumaloq harakatlar bilan bir necha daqiqa massaj qilinadi, muz bo‘lagini bir joyda bir necha soniyadan ko‘proq ushlab turish mumkin emas. Jarayonni kuniga ikki marta takrorlash tavsiya etiladi.
Muz bo‘laklarini nozik teri egalari va og‘ir yallig‘lanishi bo‘lganlar yuziga surtish tavsiya etilmaydi. Haroratning keskin o'zgarishi vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkin.
Mavzuga doir:
- Yuz terisiga SPF va tonal kremni birgalikda qanday qo‘llash kerak?
- Tungi kremni kunduz payti yuzga sursa nima bo‘ladi?Dermatolog javob beradi
- Yuz terisi go‘zalligi hamda tiniqligi uchun tuxum oqidan tayyorlanadigan niqob retsepti
Manba