Manikyurdan voz kechilganda yuz beradigan 7 ta o‘zgarish
Manikyur salonlariga borishni bas qilish orqali nafaqat oyligingiz tejalishi, balki tirnoqlaringiz avvalgidek mustahkam va tez sinmaydigan bo‘lishiga sababchi bo‘lasiz.
Foto: FreepikTirnoqlar mustahkam bo‘lishni boshlaydi
Kimyoviy aralashmalardan tashkil topganiga qaramay, tirnoq bo‘yog‘i zararsiz hisoblanadi, lekin uni o‘chirish uchun foydalaniladigan suyuqlik nafaqat tirnoq, balki tirnoq atrofidagi teriga ham zarar yetkazadi. Unga “aseton”i yo‘q, deb yozilgan yorliq yopishtirilganiga qaramay, barmoq uchlarini yog‘sizlantirib, quritib tashlaydi. Oqibatda esa qurigan teri burishib, ko‘chishni boshlaydi.
Tirnoqlar rangi yorqinroq bo‘ladi
Vino, qahva va sigaret tishlarni sarg‘aytirgani singari lakdan muntazam foydalanish tirnoqning tabiiy och pushti rangi xiralashishiga sabab bo‘ladi. Bo‘yoqsiz yurolmagan taqdiringizda ham orada bir yoki ikki hafta tanaffus qiling, tirnoqlaringizni tabiiy va sog‘lom rangi qaytishiga guvoh bo‘lasiz.
Silliqlashadi
Tirnoqlar mikroskopda ko‘rilganda “cherepitsa”ga o‘xshaydigan keratin zarralaridan tashkil topadi. Har gal lak o‘chirilganda esa uning ustidagi bir qavat sidiriladi. Tirnoqlarni biroz muddat o‘z holiga qo‘ysangiz ular avvalgidek silliq bo‘ladi.
Ammo qo‘shimcha namlantirish kerak bo‘ladi
Tirnoqlarga lak surilmaganda, avvalgidek qatlam bo‘lmagani sabab ham mo‘rtroq bo‘lib qolishi mumkin. Shu bois uni doimo namlantirib turish kerak. Buning uchun maxsus yog‘lardan foydalanib, tirnoq chetidagi terini kuniga 2-3 marta oziqlantirib turing.
Infeksiya yuqtirish xavfi kamayadi
Aslida manikyur salonlarida ishlaydigan xodimlar har bir mijozdan keyin foydalanadigan uskunalarni dezinfeksiyalab turishi kerak. Ammo hamma ham bunga rioya qilavermaydi yo bo‘lmasa tarkibida infeksiya va bakteriyalarni o‘ldirishga qodir bo‘lmagan vositalar bilan zararsizlantirishni o‘zi bilan cheklanadi. Kerakli vaqtda uskunalarni dezinfeksiya qiladigan apparatga qo‘yishni unutish holatlari ham kuzatilishi mumkin. Shu sabab ham manikyur qiladigan xodim xizmatidan foydalanganda virusli yoki boshqa infeksiyalarni yuqtirib olishingiz xavfi yuqori bo‘ladi.
Pulingiz cho‘ntagingizga qoladi
Siz odatda qanchalik tez manikyur qildirishingizga qarab, unga bormay qo‘yish orqali ma’lum miqdorda pul tejashingiz mumkin bo‘ladi. Har ikki oyda salonga pul sarflagan taqdiringizda ham bir yilda bir oylik ish haqqingizning yarmini behudaga sarflanmasligiga sabab bo‘lishingiz mumkin.
Ortiqcha bosh qotirmaysiz
Manikyur qildirishni bas qilish orqali siz keyingi safar qanday lak rangini tanlasam ekan, deb bosh qotirishdan qutilasiz. Tabiiylikka ko‘nikib, ortiqcha o‘y-xayollarga vaqt sarflamaysiz.
Manba