Salomatlik Goʼzallik Yog‘li teri uchun makiyaj: Yuz yaltirab qolmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Yog‘li teri uchun makiyaj: Yuz yaltirab qolmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

O'qildi: 301


Yog‘li teri uchun makiyaj: Yuz yaltirab qolmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Terining yog‘li bo‘lishi makiyaj qilishda turli muammolar keltirib chiqaradi. Bo‘yoqlar oqib tushishi, uzoq vaqt turmasligi mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Makiyajdan avval terini tozalashni unutmang

Yuzni shunchaki yuvish bilan cheklanish kerak emas, maxsus tozalaydigan vositalardan foydalaning.

Terini namlantirish kerak

Teringiz yog‘li bo‘lishiga qaramay, makiyajdan avval terini tozalash, namlantirish kerak. Gap shundaki, yog‘li teri uchun mo‘ljallangan losyonlar teri yog‘larini yanada faol ishlashiga sabab bo‘ladi. Shu sabab makiyaj tozalanganidan keyin krem surtish kerak. Shundan keyin 30-40 soniya o‘tib quruq salfetka bilan krem qoldiqlarini artib tashlang.

Bazadan foydalanishni esdan chiqarmang

Praymer nafaqat makiyajning uzoq vaqt turishini ta’minlaydi, balki muammoli teri bilan kurashishga ham yordam beradi.

Tonal kremni teriga tushadiganini tanlang

Tonal krem tanlashda tarkibiga e’tibor qarating. Iloji bo‘lsa tarkibida yog‘ kam bo‘lganidan tanlang. Ko‘p hollarda bunday kremlar pudralibo‘ladi va surtilganda yuz yaltiramaydi.

Pudradan me’yorida foydalaning

Jundan qancha ko‘p foydalanilsa, teri shuncha tez yog‘lanadi. Shu sababdan me’yorda foydalaning.

Quruq salfetkadan foydalaning

Quruq salfetkadan kun davomida foydalanishni unutmang. Bu teridagi yog‘larni ketkizib, yuzning yaltiramasligiga ta’sir qiladi.

Maxsus yog‘lardan foydalaning

Terini parvarishlash, xususan yog‘ bilan oziqlantirib turish kerak. Qanchalik, ajablanarli tuyilmasin yuz uchun mo‘ljallangan yog‘lar yog‘li teriga ijobiy ta’sir qiladi. Buning uchun tunda yotishdan avval yog‘ surtib yengil harakatlar bilan massaj qiling. Ushbu muolajani bir hafta davomida amalga oshirilsa, teri yog‘lari faol ishlashga hojat yo‘qligini “tushunadi” va kam yog‘ ishlab chiqaradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.