O‘tkir, shirin va juda og‘ir: ayollarning erkaklarga yoqmaydigan 6 ta atri
“Liza” ayollar jurnali kichik tadqiqot o‘tkazib, erkaklar va hatto ba’zi ayollarga ham yoqmaydigan atirlar ro‘yxatini tuzdi. 6 xil atirni o‘z ichiga olgan ushbu ro‘yxat bilan tanishish kelajakda qandaydir munosabatlarning yo‘qqa chiqishi yoki ayrim uchrashuvlarning barbod bo‘lishining oldini olishi mumkin.
Foto: “Lisa”J’adore Christian Dior
J’adore Christian Dior — 1999-yilgi gul-mevali xushbo‘y ifor bo‘lib, 2007-yilda reklama kompaniyasining videosi tufayli asosiy parfyumeriya — FiFi Awards’ning mukofotiga sazovor bo‘lgan. Albatta, Sharliz Teron hech kimni befarq qoldirmasligi aniq edi. Ammo ajoyib flakon ichidagi iforni yoqtiradiganlarga qaraganda uni xushlamaydiganlar ko‘proq bo‘lgan. Nok, qovun, shaftoli, jasmin, freziya va tuberoza kompozitsiyasini ko‘pchilik suv yuzasida suzib yuruvchi gulga o‘xshatadi.
Intense Cafe Montale
Qizlar tashqi ko‘rinishidan tortib to xushbo‘ylantiruvchi vositalariga bee’tibor bo‘lmaganidek, erkaklar ham bu borada ulardan qolishmaydi. Lekin haddan tashqari o‘tkir yoki darhol buringa uriluvchi ifor suhbatdoshni biroz uzoqlashtirishi mumkin. Intense Cafe’ning 2013-yilda chiqarilgan versiyasida qahva va atirguldan tashkil topgan kompozitsiya maqtovga sazovor. Ammo o‘ta og‘ir hid bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi esa uning asosiy kamchiligi bo‘lib qolmoqda.
Crystal Noir Versache
Crystal Noir Versache — 2004-yilda ishlab chiqarilgan piongul, zanjabil, kokos va sandal daraxti hidlarining birlashmasidir. Ushbu mashhur atir o‘z navbatida ma’lum bir did vakillari tomonidan yaxshi qabul qilingan bo‘lsa-da, aksariyat odamlar antiqa savol bilan murojaat qiladi. Masalan, kokos yong‘og‘i changi, qalampir yoki oddiy gul hidiga taxmin qilinsa, yana kimdir bu borada bodring hidi kelishini ma’lum qilgan.
Foto: “Lisa”Eclat d’Arpege Lanvin
2002-yilda sotuvga chiqarilgan Lanvin Eclat d’Arpege shaftoli, choy, nastarin va mushkdan tashkil topib, ushbu kompozitsiya minglab qiz va ayollarni o‘ziga maftun etgan edi. Keyinchalik uning kamchiligi ham namoyon bo‘lgan. Iforning juda shirinligi uzoq vaqt saqlanib turadi va undan foydalanganlarning fikricha, bu bosh og‘rig‘i kelib chiqishga sabab bo‘ladi.
D&G Anthology L’Imperatrice 3
Dastlab tarvuz, jasmin va pushti qalampirdan olingan xushbo‘y ifor barchaga ma’qul kelgandek edi. Ammo birozdan so‘ng aynan ushbu ifor muxlislari tomonidan bor haqiqatlar ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, atirning hidi juda tez ta’sir qiladi va bezovtalikni uyg‘otadi. Mashhur atir haqida o‘ta shirin, meva kompoti yoki havo spreyiga o‘xshash kabi ta’riflar ham paydo bo‘ldi.
Chanel No 5 Eau de Parfum
Chanel No 5 Eau de Parfum Jak Polj tomonidan 1986-yilda yaratilgan haqiqiy klassika. Xo‘sh, ushbu iforning nima aybi bo‘lishi mumkin?Uning hididan bahramand bo‘lganlarning fikricha, insondan taralib turuvchi ifor yoqimliligidan atrofdagilarni o‘ziga tortishi kerak bo‘lsa, ushbu atir aksincha. Hattoki u aqldan ozdirishi ham mumkin.
Manba