Salomatlik Goʼzallik 2021-yilda urfga kiruvchi soch turmaklari (foto)

2021-yilda urfga kiruvchi soch turmaklari (foto)

O'qildi: 486


2021-yilda urfga kiruvchi soch turmaklari (foto)

2021-yilda libos, pardoz va soch turmaklarida yangiliklar yuz berishi tabiiy. Eng katta o‘zgarishga sabab bo‘luvchi soch turmaklarining qaysilari ko‘proq urfga qaytishini esa yulduzlar misolida ko‘rib chiqish mumkin.

Natali Portman

Foto: Harper’s Bazaar

Bob-kare

Bob-kare sochlar bir necha yildan buyon asosiy tendensiyalar ro‘yxatiga kiradi. Ehtimol, ushbu soch turmagi qulayligi uchun ham hech qachon urfdan qolmas. Bob-kare har qanday soch turiga mos keladi. Tekis va to‘lqin soch tolasiga ega ayollar ushbu turmakdan unumli foydalanishi mumkin. Ushbu turmak yuz ovalini to‘g‘irlaydi, nuqsonlarni yashirishga yordam beradi. Ayniqsa, dumaloq yuzlilar uchun juda o‘rinlidir. Kalta va qulay soch turmagiga ishlov bergan holda bayram ziyofatlarida ham ishtirok etish mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Uzun sochlar

Uzun sochlar hech qachon modadan qolmasligi shubhasiz. Har qanday go‘zal xonimlar ham uzun sochlari bo‘lishini chin dilidan xohlaydi. Ayrimlar bu borada ulama sochlardan ham foydalanadi. Lekin sartaroshning tajribasi tufayli ularni sezish juda qiyin. Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilda uzun va silliq sochlar ko‘proq urfda bo‘ladi. Biroq bu kabi sochlarni ehtiyotkorlik bilan parvarish qilish talab etiladi. Maxsus niqoblar, oziqlantiruvchi vositalar va albatta, to‘g‘ri ovqatlanishni ham unutmaslik zarur.

Skarlett Yoxansson

Foto: Harper’s Bazaar

Garson

Yangi yilda ro‘y beradigan o‘zgarishlar birinchi bo‘lib, soch turmagidan boshlanadi. Shuningdek, hayotda ham ko‘pchilik stressdan chiqishning eng yaxshi yo‘li sifatida soch turmaklarini o‘zgartiradi. Garson turmagi yoki boshqacha qilib aytganda, o‘g‘il bolalarning soch turmagiga o‘xshash sochlar o‘zgarishdan qo‘rqmaydigan, jasur va tajribalarga tayyor turadigan ayollar uchun ayni muddao. Garson turmagida boshning orqasidagi sochlar juda qisqa, yuqorida esa biroz uzunroq bo‘ladi. Garson turmagi yuzning xususiyatlarini hamda uzun bo‘yinni alohida ta’kidlaydi.

Jennifer Eniston

Foto: Harper’s Bazaar

Kaskadli turmak

Katta o‘zgarishlarga duch kelmasdan tashqi ko‘rinishni yangilashning eng oson usuli — kaskadli turmakdir. Kaskad soch turmagida sochlarning uzunligi deyarli saqlanib qoladi va shunchaki ularga biroz ishlov beriladi. Kaskadning kamchiligi shundaki, uni hamisha tuzatib turish kerak. Shuningdek, bu turmak kundalik uslubga ko‘proq mos keladi. Ammo turmak ayolning yoshini ikki-uch yilga yoshroq ko‘rsatadi. Isbot uchun yildan yilga yosharib borayotgan Jennifer Enistonga qarash mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.