Salomatlik Goʼzallik Sovuq ob-havoda qo‘l terisini qanday parvarish qilish kerak?

Sovuq ob-havoda qo‘l terisini qanday parvarish qilish kerak?

O'qildi: 322


Sovuq ob-havoda qo‘l terisini qanday parvarish qilish kerak?

Qishki sovuq harorat va yopiq binolardagi isitish pechlarining havoni quritib yuborishi odam salomatligi, xususan, qo‘l terisi ahvoliga ham ta’sir qiladi. Uning silliq, tarang va yaxshi ko‘rinishiga ega bo‘lish va himoya qilish uchun esa muntazam ravishda parvarish qilish muhim hisoblanadi.

Foto: Freepik

Tozalovchi vositalarning tarkibini o‘rganib chiqib keyin tanlang

Har gal qo‘l yuvilganda kir va bakteriyalar bilan birga qo‘lni ortiqcha quruqlikdan himoya qiladigan yog‘ qatlami ham yuvilib ketadi. Sovuq mavsum va isitish pechlari bilan uy hamda binolarning isitilgani sabab esa ushbu qatlamning tiklanishi uchun odatdagidan ko‘proq vaqt ketadi, buning hisobiga teri tez qurib qoladi va shikastlanadi. Buning oldini olish uchun esa oddiy yuvish vositasini tarkibida namlantiradigan krem bo‘lgan vositaga o‘zgartirish kerak. Shuningdek, qo‘lingizni qaynoq bo‘lmagan iliq suvda yuvishga harakat qiling, bu terini kamroq shikastlaydi.

Iloji boricha ko‘proq qo‘l kremlaridan foydalaning

Har gal qo‘lingizni suvga urganingiz, qog‘ozlar bilan ishlaganingiz hamda ko‘chaga chiqqanda qo‘lingizga krem surtishni unutmang, bu qo‘lning himoya qatlamini himoya qilishga yordam beradi. Shu sabab ham nafaqat uyda, ish stolingiz yoki sumkangizda qo‘l kremi bo‘lishiga e’tibor qarating.

Qo‘lqopsiz ko‘chaga chiqmang

Havo harorati +10 gradusdan pasayishi bilan ko‘chaga qo‘lqop kiymasdan chiqa ko‘rmang. Bu qo‘llaringizning sovuqdan himoyalanishiga yordam beradi.

Xo‘jalik qo‘lqopidan foydalanishni ham unutmang

Yilning istalgan faslida ham uy ishlarini maxsus xo‘jalik qo‘lqoplarini kiygan holda amalga oshirish kerak, ammo kuz va qishda bu har qachongidan ham muhimroq sanaladi. Sovuqda shundoq ham ahvoli yomonlashgan terini, tarkibida kimyoviy moddalar bo‘lgan yuvish vositalaridan foydalanish bilan ahvolini yana ham yomonlashtirmaslikka harakat qiling.

Haftada bir marta tuzli vanna qiling

Qo‘l terisi ahvolini yaxshi ahvolda saqlash uchun haftada bir marta dengiz tuzi solingan vanna qilish kerak. Bu qo‘ldagi mayda yoriq va shikastlanishlarda yordam beradi, terining yangilanishini va ahvoli yaxshilanishini ta’minlaydi. Samarani ko‘paytirish uchun tuzli vannaga bir necha tomchi efir yog‘i tomizish ham mumkin.

Qo‘lingizga niqob qiling

Qo‘lga niqob qilish uchun do‘konga oshiqishning hojati yo‘q, oddiy kremga bir necha tomchi yog‘ tomizib qo‘lga qalin qilib surtish va ustidan rezinali qo‘lqop kiyish kifoya. 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlashingiz mumkin. Bunday niqobdan haftada 1-2 marta foydalanish tavsiya qilinadi.

Skrabdan foydalaning

Teri hujayralarining  yangilanishi va qon sirkulyatsiyasi yaxshilanishi, surtilgan krem va niqob samaradorligini ta’minlash uchun haftada ikki marta qo‘l terisini skrab bilan tozalab turish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.