Salomatlik Ayollar uchun Kir yuvish mashinasida yuvish tavsiya etilmaydigan kiyimlar

Kir yuvish mashinasida yuvish tavsiya etilmaydigan kiyimlar

O'qildi: 409


Kir yuvish mashinasida yuvish tavsiya etilmaydigan kiyimlar

Har bir narsani kir yuvish mashinasida tozalash vaqt va kuchni tejashning ajoyib usuli kabi ko‘rinishi mumkin. Biroq ba’zi kiyimlar hattoki bir marta mashinaga solingan bo‘lsa ham butunlay yaroqsiz holga kelishi hech gap emas.

Foto: Marie Claire

Bo‘yinbog‘

Foto: Marie Claire

Aksariyat bo‘yinbog‘lar nozik matolardan tikiladi va shuning uchun mashinada tez yuvish paytida ular shaklini yo‘qotishi yoki boshqa kiyimlarga rangi o‘tishi mumkin. Bo‘yinbog‘larni qo‘lda yuvish yoki ularni kimyoviy tozalashga olib borish tavsiya etiladi.

Piston, tugma va boshqa bezakli kiyimlar

Foto: Marie Claire

Piston va tugmalar kir yuvish paytida mashinaga yopishib qolishi yoki boshqa kiyimlarga zarar yetkazishi mumkin. Agar bu kabi kiyimlarni kir yuvish mashinasida yuvish kerak bo‘lsa, mutaxassislar birinchi navbatda barcha tugma va zamoklarni yechishni tavsiya qiladi.

Dekorativ elementlarga ega kiyimlarga esa u piston, ko‘z yoki toshlar bo‘ladimi, ularni kir yuvish mashinasiga solib bo‘lmaydi. Gap shundaki, bezaklar chiqib ketishi, mexanizmga yopishib qolishi yoki boshqa narsalarga zarar yetkazishi mumkin.

Bolalar paypoqlari va boshqa kichik buyumlar

Foto: Marie Claire

Bolalar kiyimlarini, hatto uning eng kichik elementlarini ham mashinada yuvish tavsiya etilmaydi. Kichkina kiyimlar barabanning drenaj teshiklariga tushishi, bu kir yuvish mashinasining ishlashiga putur yetkazishi mumkin. Agar qo‘lda yuvish uchun vaqt bo‘lmasa, bolalar kiyimlarini maxsus to‘rli sumkalarga joylashtirish va shundan keyingina ularni mashinaga solish tavsiya qilinadi.

Ipak mahsulotlari

Foto: Marie Claire

Ko‘pgina ipak matolar quruq tozalashni yoki hech bo‘lmaganda qo‘lda yuvishni talab qiladi, chunki yuqori harorat va yuvish davrlari nozik matoga zarar yetkazadi. Ipak kiyimlar shunchaki yirtilib ketishi yoki shaklini yo‘qotishi mumkin. Agar u qo‘lda yuvilsa, buning uchun maxsus mo‘ljallangan tozalash vositasidan foydalanish lozim.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.