Salomatlik Goʼzallik Yog‘li yuz terisi: Tonal krem tanlash va undan foydalanish bo‘yicha 7 tavsiya

Yog‘li yuz terisi: Tonal krem tanlash va undan foydalanish bo‘yicha 7 tavsiya

O'qildi: 369


Yog‘li yuz terisi: Tonal krem tanlash va undan foydalanish bo‘yicha 7 tavsiya

Yog‘li yuz terisi egalari kosmetik vositalar tanlashda bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi. Ular har bir vositani yuz rangi va teri turiga qarab tanlashi juda muhim. Agar tanlov to‘g‘ri amalga oshirilmasa, yuz sohasida toshma yoki husnbuzarlar paydo bo‘lishi kuzatiladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Tonal krem haqida

Yog‘li yuz terisi uchun iloji boricha yengilroq rangdagi tonal kremni tanlash kerak. Chunki ular teridagi nuqsonlarni bo‘rttirib ko‘rsatmaydi va kun davomida qatlam ko‘rinishga kelib qolmaydi. Agar bu borada tonal krem mos kelmasa, BB kremni ham yaxshi o‘rinbosar sifatida tavsiya qilish mumkin. Ko‘pchilik yog‘li teriga odatda faqatgina tovlanmaydigan tonal krem kerak bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Ammo kutilgan natija uzog‘i bilan bir soatga yetadi.

Makiyajning eng muhim bosqichi

Yuz terisini pardozlashning eng muhim bosiqchi – uni tayyorlash hisoblanadi. Tabiiy losyon, namlantiruvchi krem, asoslar kun davomida yuz terisining ortiqcha yog‘ ajratishini normallashtirishga yordam beradi va pardoz davomiyligini uzaytiradi.

Tarkib haqida

Aksariyat zamonaviy komedogen emas, ammo qutidagi uning belgisi ortiqchalik qilmaydi. Hindiston yong‘og‘i, kakao, bug‘doy urug‘i, zig‘ir va palma yog‘larini o‘z ichiga olgan tonal kremlaridan foydalanishdan saqlanish kerak. Sababi ular husnbuzarlar ko‘payishiga imkon yaratadi.

Silikon va mineral moylardan qo‘rqishga hojat yo‘q, ular teri teshiklarini yopib qo‘ymaydi, aksincha yumshatadi. Pardozni uzoq muddat bir xilda turishini ta’minlaydi.

Tonal kremlarini qo‘llash

Makiyaj qilishda har qanday vositani qo‘l va cho‘tkalar yordamida qo‘llash mumkin. Ammo ikkinchi variant ko‘proq samarali bo‘lib, bo‘yoqlarni bir tekisda yoyilishiga yordam beradi. Sponjlarning esa bir martaligidan foydalanish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.