Salomatlik Goʼzallik Istalgan makiyajning omadsiz chiqishiga sabab bo‘luvchi 7 xato

Istalgan makiyajning omadsiz chiqishiga sabab bo‘luvchi 7 xato

O'qildi: 383


Istalgan makiyajning omadsiz chiqishiga sabab bo‘luvchi 7 xato

Bo‘yanishni juda yaxshi bilganingiz va barcha layfxaklarga amal qilgan taqdiringizda ham makiyajingiz ko‘ngildek chiqmasligiga siz e’tibor bermayotgan jihatlar sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Qoshlarni haddan ortiq to‘q bo‘yash

Tabiiy qalin qoshlar urfda ekani rost, lekin ko‘pchilik trendda bo‘laman deb qoshlarni qalin va to‘q bo‘yab kulgili ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shu sabab ham me’yorni bilish makiyaj qilganda oshirib yubormaslik kerak.

Surkalgan podvodka

Podvodka surtilganidan 2-3 soat o‘tib yuqori qovoqqa chaplanishi tartibsiz ko‘rinishga sabab bo‘ladi. Bunday holat ayniqsa terisi yog‘li ayollar suyuq podvodkadan foydalanganda kuzatilishi mumkin. Vaqtida payqash va e’tibor berish va darhol tartibga keltirish zarur. Bu holat qayta takrorlanmasligi uchun podvodkadan avval qovoqlarga quruq ten surtish kerak.

Foto: Cosmopolitan

Och pomada va to‘q rumyana

Hech nima makiyajni bir-birga to‘g‘ri kelmaydigan ranglardan foydalanishchalik buzmaydi. Eng ko‘p tarqalgan xatolardan biri lab bo‘yog‘ining och ranglisi va rumyanani to‘q rangi yoki aksincha makiyaj qilish hisoblanadi. Aynan shu sabab ham bo‘yoqlarning bir-biriga mos bo‘lishiga e’tibor qiling.

Konsilyerdan ortiqcha foydalanish

Ko‘pchilik ko‘z ostidagi “halqa”larni yashirish uchun konsilyerdan haddan ortiq foydalanadi. Yuz rangidan yaqqol ajralib qolishi esa sizni maftunkor ko‘rsatmasligi aniq. Me’yorni biling va konsilyerdan nomiga foydalaning.

Foto: Cosmopolitan

Pastki kipriklarga haddan ortiq tush surtish

Pastki kipriklarga tush surtish ko‘zlarni shahlo va katta ko‘rsatadi. Ammo tushni tepa kipriklarga surtganchalik miqdorda surtmaslik kerak, aks holda charchagandek ko‘rinishga ega bo‘lganingiz yetmagandek kun davomida ortiqcha tush surkalib sizni tartibsiz ko‘rinishingizga sababchi bo‘ladi.

Noto‘g‘ri tanlangan tonal krem

Tonal kremning noto‘g‘ri tanlanishi yoki yuzga yaxshilab singdirilmasligi makiyajning omadsiz chiqishiga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham teri rangiga mos, sifatli vositani tanlab, uni maxsus cho‘tka bilan obdon singdirishga harakat qiling.

Foto: Cosmopolitan

Upadan haddan ortiq foydalanish

Upadan ko‘p miqdorda foydalanish yuzga un surtib olgandek ko‘rinishga sabab bo‘ladi. Shuning uchun uni nomiga surtish va ortiqchasini olib tashlash uchun esa quruq salfetkadan foydalanish kerak. Yanada yaxshi turishi uchun esa makiyaj spreyini sepish tavsiya qilinadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.