Gel-lak bilan 3 haftadan ko‘p yurib bo‘lmaslikning 5 sababi
Manikyur qilingan va lak bilan qoplangan tirnoqlar chiroyli va tartibli ko‘rinadi. Shunga qaramay, mustahkamligiga zarar yetmasligi va mo‘rtlashmasligi uchun uzoq vaqt davomida gel-lak bilan qoplangan tirnoqlar bilan yurib bo‘lmaydi.
Foto: FreepikBirinchi sabab: xunuk ko‘rinadi
Uch haftada tirnoq 3-6 millimetrga o‘sadi va bu tartibsiz ko‘rinadi. Korreksiya qilishga ulgurmaydigan bo‘lsangiz, o‘sganida unchalik bilinmaydigan tirnoq rangidagi och lakdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Ikkinchi sabab: ko‘chishni boshlaydi
Zamonaviy gel-laklarning turish muddati 21 kunga mo‘ljallangan. Shundan keyin baza o‘z xususiyatini yo‘qota boshlaydi va ko‘chish holati kuzatiladi.
Uchinchi sabab: gigiyenaga to‘g‘ri kelmaydi
O‘sgan tirnoq ichiga kir, chang va bakteriyalar to‘plana boshlaydi. Tirnoq ustidagi lak qoplama esa yig‘ilgan kirlarni ko‘rish imkonini bermaydi. Agar uzoq vaqt davomida gel-lak bilan yuradigan bo‘lsangiz, tirnoqlarni sovun surtilgan cho‘tka bilan tozalab turish tavsiya qilinadi.
To‘rtinchi sabab: yoriqlar paydo bo‘ladi
Bu, ayniqsa, uzun tirnoqlarga taalluqli. Gel-lak tirnoqlar uchun og‘irlik qiladi. O‘sgani sari og‘irlik markazi tirnoq uchiga qarab boradi va natijada darz ketish va sinish holatlari kuzatiladi.
Beshinchi sabab: tirnoqning ichiga o‘sishi va qadoq
Pedikyurda gel-lakdan foydalanish oyoq barmoqlarini zo‘riqtiradi, ularning biomexanikasiga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa deformatsiya va qadoqlarga olib keladi. Gel-lak, ayniqsa, yopiq poyabzal kiyadiganlar tirnog‘iga zarar yetkazadi. Shu sabab ham manikyur va pedikyur ustalari oyoqlar tirnog‘iga gel-lakdan foydalanmaslikni, faqat yoz va ta’tilda surtish hamda tirnoqlar uzunligini qisqartirib turishni tavsiya qiladi.
Manba