Mavsumiy tavsiya: kuzgi manikyur uchun trenddagi g‘oyalar
Kuz faslida trendda bo‘lish uchun tirnoqlarni qanday bo‘yash tavsiya qilinishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Geometrik shakllar bilan bezalgan manikyur
Foto: Harper’s BazaarGeometrik shakllar — mazkur kuz mavsumining eng asosiy manikyur trendlaridan biri hisoblanadi. Dizayn turli darajadagi murakkablikda — minimal chiziqlardan tortib, bir necha shakllarni o‘zida mujassam qilgan bo‘lishi mumkin. Hammasi fantaziyaga bog‘liq. Asosiysi, tez zeriktirib qo‘ymaydigan yorqin ranglarni umumlashtiring. Eksperiment qilishdan qo‘rqmang.
Gullar shakli bilan bezang
Foto: Harper’s BazaarBu trend go‘yoki bolalikni esga soladi — rang-barang, mayda detallarga boyligi bilan o‘ziga xos sanaladi. Tirnoqlarni nomiga yoki bo‘rtib turadigan gul shakllari bilan bezashingiz mumkin. Ranglar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Tabiatga xos ranglar
Foto: Harper’s BazaarKuz tabiatiga xos bo‘lgan istalgan rang bilan tirnoqlaringizni bo‘yashingiz mumkin. Yashil, sariq, olovrangni alohida yoki birlashtirib tirnoqlaringizga surting. Uni shunday qoldirishingiz yoki bezashingiz mumkin.
Tabiiy ranglar
Foto: Harper’s BazaarTirnoqlarini sariq rangga bo‘yashga va turli shakllar bilan bezashga tayyor bo‘lmagan minimalizm ishtiyoqmandlari uchun ushbu trend ayni muddao. Buning hammasi oddiy, och teri rangidagi bo‘yoqlar bilan tirnoqlarni bo‘yashning o‘zi kifoya. Manikyur qilingani bilinmaydi, ammo shu bilan birga, tirnoqlar sog‘lom va parvarish qilingan ko‘rinadi.
Yorqin ranglar bilan qilingan french
Foto: Harper’s BazaarTirnoqlarni french qilish, ammo odatdagidan farqli ravishda yorqin ranglardan foydalanish yana urfda. Klassik manikyurdan voz kechib, noodatiy ko‘rining. Bir yoki bir necha rangdan foydalaning. O‘ziga xoslikni sevadiganlar uchun french bilan katak-katak, yurak shakli, yozuvlar va hatto qoplon printidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Manba