Suyaklar mustahkamligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan 4 mahsulot
Suyaklar haqida gap ketganda ko‘pchilik mo‘rtlashuv jarayonini yosh o‘tgandan so‘ng yuz beradi, deb o‘ylaydi. Aslida unday emas, suyaklarda 20 yoshdan boshlab zichlashish kamayib boradi. Ammo bu jarayonni ratsionga ayrim mahsulotlarni kiritish bilan sekinlashtirish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Sut
Ma’lumki, chaqaloqlar dunyoga kelishi bilanoq, asosan, sut bilan oziqlanadi. Chunki uning tarkibida suyaklarni mustahkamlovchi kalsiy mavjud. Inson suyagi massasining cho‘qqisiga 20 yoshgacha yetib boradi, shundan so‘ng suyak zichligi pasayadi. Shuning uchun shifokorlar nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham sut ichishni maslahat beradi.
Foto: “Domashniy ochag”Kalsiy hamda D vitaminiga boy mahsulotlar bilan to‘ldirilgan to‘g‘ri ovqatlanish ratsioni suyak minerallarining yo‘qolishini sekinlashtirishga yordam beradi. Kalsiy suyaklarni yanada mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi, D vitamini esa tanaga uni singdirishga javobgar. Shuningdek, oddiy sutdan tashqari, ratsionga yogurt va pishloq kabi boshqa sut mahsulotlarini ham qo‘shish mumkin.
Konservalangan sardina va losos
Foto: “Domashniy ochag”Losos va sardina konservalari suyaklari bilan birga iste’mol qilinsa, kalsiyning ajoyib manbayi hisoblanadi. Konserva jarayoni mayda baliq suyaklarini yumshatib yuborgani uchun uni bemalol tanovul qilish mumkin. 100 gramm sardinada 300 milligrammdan ortiq, konservalangan lososda esa 200 milligramm kalsiy bor. Skumbriya, losos, yangi tunes va shu kabi boshqa yog‘li baliqlar D vitaminining eng yaxshi tabiiy manbalaridan biridir. Bundan tashqari, sigir jigari, tuxum sarig‘i va ba’zi qo‘ziqorinlarda ham ma’lum miqdorda tabiiy D vitamini mavjud.
Muqobil sut va apelsin sharbati
Foto: “Domashniy ochag”Sigir sutidan tashqari, soya, bodom yoki guruch sutini iste’mol qilish mumkin. Ushbu turdagi sutlar ham suyaklar sog‘lig‘ini yaxshilaydi. Bir porsiya boyitilgan apelsin sharbatida 250 milligramm yoki muqobil sutda 300 milligramm kalsiy mavjud.
Don mahsulotlari
Foto: “Domashniy ochag”Savdo rastalaridan topish mumkin bo‘lgan ko‘plab don va tarkibida jo‘xori uni yoki qadoqlangan don mahsulotlari ham kalsiyni o‘z ichiga oladi. Boyitilgan jo‘xori unining har bir porsiyasida 140 milligrammgacha kalsiy mavjud.
Manba