Bahoriy manikyur uchun ajoyib g‘oyalar (foto)
Bahorda kalta tirnoqlarga pushti, yashil, moviy va och jigarrang lak surtish urfda bo‘ladi. Qanday manikyur qildirishni bilmayotganlar quyidagi suratlardan ilhomlanishi mumkin.
Baxmaldek tovlanadigan manikyur
Foto: GlamourFoto: GlamourYangi mavsumda tirnoqda baxmalga o‘xshab tovlanib turadigan lak va manikyur dolzarb bo‘ladi. Buning uchun bir rangdagi lakni bir qatlam qilib surtib, ustidan xohishga ko‘ra dizayn qildirish mumkin.
Gul bilan bezatilgan manikyur
Foto: GlamourFoto: GlamourFoto: GlamourBahorda bolalarcha, pop-art uslubidagi va turli xil ko‘rinishdagi gullar bilan bezalgan tirnoqlar trendda. Gullar bir dona yoki bir qancha bo‘lishi, rangi esa tirnoqdagi lak rangiga zid bo‘lishi mumkin.
Rang-barang
Foto: GlamourFoto: GlamourFoto: GlamourShuningdek, rang-barang, kamalakka o‘xshash ranglar umumlashgan manikyur qilish tavsiya qilinadi. Qancha yorqin va kalta bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Oy va yulduzlar bilan bezatilgan manikyur
Foto: GlamourFoto: GlamourFoto: GlamourTirnoqlaringizga och yoki to‘q rangli bo‘yoq surtib, bulut, yulduz, oy va quyoshlar, qolaversa, sayyoralar shaklidagi bezaklar bilan bezang.
Tillarang va kumushrang french
Foto: GlamourFoto: GlamourKlassik frenchdagi oq rangni tilla va kumush rangga almashtiring, lakni tirnoq chetiga tekis qilib surtishga hojat yo‘q, fantaziyangizdan kelib chiqib o‘ziga xos tanlov qilsangiz ham bo‘ladi.
Smaylik yopishtirilgan manikyur
Foto: GlamourFoto: GlamourOdatiylikdan qochib, tirnoqlaringizni turli rangli smayliklar bilan bezang. Sariq yil rangi ekanini yoddan chiqarmang.
Geometrik chiziqlar
Foto: GlamourFoto: GlamourBahorgi trendlar orasida yuqoridagi rang va bezaklardan tashqari, geometrik chiziqlar ham bor. Tirnoqlarga turli shakllar suratini tushirishingiz, yopishtirishingiz va ularning ichini rang-barang qilib bo‘yashingiz mumkin.
Manba