Uy sharoitida qosh va kipriklarni qalinlashtiruvchi oddiy usullar
Kim ham qalin qosh va kipriklarga ega bo‘lishni xohlamaydi deysiz?Hozirda bu muammo emas. Kosmetolog muolajalarisiz qosh va kipriklarni qalinlashtiruvchi usullar haqida ma’lumot beramiz.
Foto: Getty ImagesKosmetik yog‘lar
Kanakunjut, chakamug‘, bodom, kokos yoki zaytun moylari soch o‘stirishda va qalin qilishda juda yaxshi samara beradi. Bu yog‘larni faqat sochlarga emas, balki qosh va kirpiklaringizga ham surtishingiz mumkin. Buning uchun quloq tozalagich yoki maxsus cho‘tkadan foydalaning.
Baliq moyi
Ushbu mahsulot kosmetik maqsadlarda ham tez-tez ishlatiladi. Kiprik va qoshlarni qalinlashtirish uchun baliq moyidan foydalanishingiz mumkin. Biroq uning o‘ziga xos hidga ega ekanligi, ba’zan esa allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkinligini unutmang.
Qoshlarni massaj qilish va tarash
Qoshlarni massaj qilish va tarash natijasida qon aylanishi yaxshilanadi, ya’ni qosh ildizi mustahkamlanadi va intensiv ravishda o‘sishni boshlaydi. Ushbu muolajalarni amalga oshirishda maxsus krem yoki faollashtiruvchi zardobdan foydalanish natijani yanada yaxshilaydi.
Pudra va tush yordamida
Bunday usul bilan kipriklar faqat tashqi ko‘rinishidangina qalin ko‘rinadi. Shunchaki, tush surtishdan avval kipriklaringizga pudra tekkizib chiqing. Maksimal natijaga erishish uchun kosmetik vositani 10-15 daqiqa oralig‘ida ikki qavat qilib surting.
Qalam va tendan foydalanish
Qalam yoki ten yordamida qoshlarning o‘sish yo‘nalishi bo‘ylab bir tekisda chizib chiqing. Tabiiy ko‘rinishi uchun qoshingizning asl rangidan to‘qlashtirib yubormaslikka harakat qiling.
Manba