Salomatlik Goʼzallik 2022-yilning eng zamonaviy dizayndagi manikyur g‘oyalari: qanday rang va uzunlik trendda bo‘ladi? (foto)

2022-yilning eng zamonaviy dizayndagi manikyur g‘oyalari: qanday rang va uzunlik trendda bo‘ladi? (foto)

O'qildi: 474


2022-yilning eng zamonaviy dizayndagi manikyur g‘oyalari: qanday rang va uzunlik trendda bo‘ladi? (foto)

2022—2023 yillardagi manikyur tendensiyalari yangi texnologiya, material, naqsh va effektlar bilan bevosita bog‘liq. Shuningdek, tarixda birinchi marta Pantone instituti global innovatsiyalar va transformatsiyalarni aks ettiruvchi Pantone Very Peri rangini yaratdi. Va aynan ushbu rang kiyimda ham, manikyurda ham urf bo‘ladi.

Pantone manikyuri


Foto: Grazia

Ushbu manikyur kelajakni yangi rangda ko‘rsatadi. Ma’lumki, rang o‘zini namoyon qilishning muhim shaklidir. Bu butun dunyoga, g‘oyalarga, his-tuyg‘ularga va aloqalarga ta’sir qiladi. Aynan shu ko‘k qizil-binafsha rang oldimizdagi ulkan imkoniyatlarni ta’kidlaydi.

Foto: Grazia

Shuningdek, ushbu mavsumda teri rangidagi yaltiroq uslublar ham yana ommalashadi. Bu kabi dizayndagi manikyurlar nafisligi, kundalikbopligi hamda ko‘zga tashlanmasligi bilan alohida ajralib turadi. Tirnoqlarni ushbu dizaynda bo‘yash uzoq vaqt talab etmaydi, ammo natija har qanday ayolni quvnatishga qodir.

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Nihoyat kumush rang bezaklar o‘z o‘rnini tillarangga bo‘shatib berdi. Tirnoq yuzasiga bo‘yoq orqali berilgan bezak birinchi navbatda o‘zgachalik baxsh etsa, ikkinchidan tilla taqinchoqlar bilan ajoyib kombinatsiya hosil qiladi.

Foto: Grazia

2022-yilda ko‘proq ko‘k va havorang urfda bo‘ladi. Shuning uchun manikyurda ham kontrast hosil qilishda qarama-qarshi ranglardan unumli foydalanish mumkin. Tasvir kutilganidan ham ajoyib chiqishi shubhasiz.

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Aslida oddiy tuyulgan manikyur dizaynida ham bir qancha mashaqqatlar mavjud. Lekin oddiylik hech qachon urfdan qolmaydi. Yangi mavsum uchun mos keladigan bayramona manikyur g‘oyalaridan unumli foydalanish lozim.

Foto: Grazia

Qisqa va to‘trburchak shaldagi tirnoqlar uchun ajoyib tanlov. Ko‘zga tashlanmasa-da, har qanday e’tiborli insonning diqqatini tortad. Eng muhimi, ushbu dizayndagi manikyurlar hech qachon urfdan qolmaydi.

Foto: Grazia

Uzun tirnoqlardan boshqalarga qaraganda imkoniyat, albatta, kengroq. Unda turli dizayndagi manikyurlarni sinab ko‘rish mumkin. Shuningdek, tirnoqning shakli ham bu borada alohida ahamiyatga ega. Marhamat ushbu dizayndagi manikyurlardan kundalik hayot yoki ofisdagi ish yuzasidan kelib chiqib, ma’qulini tanlash mumkin.

Foto: Grazia

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.