Gel-lakdan keyin tirnoqlarni qanday parvarishlash kerak?
Gel-lak olib tashlangandan so‘ng tirnoqlarning holati avvalgidek sog‘lom ko‘rinishda bo‘lmaydi. Ularni qanday parvarish qilish kerakligi haqida quyida tanishib chiqish mumkin.
Foto: “Makeup.ru”Ultrabinafsha chiroq bilan quritilgan gel-laklar uzoq vaqt davomida tirnoqlarni bezab turadi. Ammo qoplama bo‘yoq olib tashlanganidan so‘ng, ko‘plab ayollar tirnoqlarni dahshatli ko‘rinishda ekanligini ta’kidlaydi.
Albatta, buning o‘ziga xos sabablari bor. Tirnoqlarga qo‘llaniladigan gel – gidratlangan kollagenga asoslangan murakkab kimyoviy birikma bo‘lib, u ultrabinafsha nurlar yordamida tirnoq plastinkasining yuqori qatlamida eriydi. Qoplama olib tashlanganda tirnoq plastinkasining yuqori qatlami bilan birga chiqariladi. Shu sababli yangi manikyur usuli ixtiro qilinganda mutaxassislar o‘rtasida texnikaning qanchalik xavfsizligi muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Aslida tortishuvlar hozirgacha to‘xtamagan, shuning uchun manikyurning yetakchi mutaxassislari tomonidan bir ovozdan aytilgan birinchi maslahat – gel-laklarni doimiy ravishda qo‘llash mumkin emas. Tavsiya etilgan rejim – uzoq muddatli qoplamali 2 ta manikyur uchun 3 oylik tanaffus qilish kerak.
Ammo qaror qabul qilishdan oldin bilish kerak bo‘lgan narsalar bor. Jarayon davomida ishlatiladigan ultrabinafsha nurlar teri hujayralariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar qo‘lda xollar bo‘lsa, ayniqsa, ehtiyot bo‘lish kerak. Va nozik teriga ega bo‘lganlar uchun UV chiroq hatto kuyishga olib kelishi mumkin!Chidamli qoplama ostida tirnoq plastinkasi kislorod va namlikdan to‘liq mahrum bo‘ladi, bu qo‘shimcha omil bo‘lib, tirnoqning qurishi, mo‘rtlashishi va parchalanishiga olib keladi. Qoplamani olib tashlashda, o‘tkir eritma ishlatiladi, u folga yoki maxsus suv o‘tkazmaydigan material ostida tirnoqlarga kamida 20 daqiqa davomida qo‘llaniladi. Bu ham tirnoq salomatligiga putur yetkazadi.
Ammo ushbu keltirilgan sabablar tirnoqni shellak qildirish uchun arziydi, deydigan xonimlar uchun bir qancha foydali tavsiyalar beriladi. Ular, albatta, gel-lakdan keyin tirnoq salomatligini qay tarzda tiklash mumkinligi haqida.
Oziqlanish
Gel-laklarni olib tashlagandan so‘ng organizmni kerakli vitaminlar bilan to‘ldirish lozim. Buning uchun ko‘proq yog‘li baliq, tuxum va pishloq iste’mol qilish kerak. Ular tarkibidagi kalsiy tirnoq uchun asosiy materialdir va tirnoq plastinkasi qanchalik qalin bo‘lsa, doimiy qoplamalardan kelib chiqadigan shikastlanish shunchalik kam seziladi.
Mikroelementlar
Tarkibida temir va rux ko‘p bo‘lgan vitamin komplekslari tirnoqlarga ajoyib yordamchi bo‘lib, bu elementlar ularni elastik, mustahkam, silliq qiladi va sog‘lom pushti ohangni qaytaradi.
Vitaminlar
C vitamini oqartirish effekti bilan mashhur, shuning uchun kuniga bir juft sitrus mevasi tirnoqlarning holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uni iste’mol qilish emas, balki niqob ko‘rinishida qo‘llash kerak: limon, apelsin yoki greypfrutning ichki qismi surtiladi va yarim soat davomida qo‘lqop kiyiladi.
Gel-lak chiqarilganda nima qilish kerak?
Tirnoqlar qisqartiriladi
Plastinka qanchalik qisqa bo‘lsa, shuncha kam shikastlanadi va sinadi.
Sayqal beriladi
Oddiy shakl beradigan pilka qatlam qoldiqlarini olib tashlaydi va plastinkaning shikastlanmagan qatlamlariga ochiq havo kirishini ta’minlaydi.
Qo‘lqopdan foydalaniladi
Va keyingi 2-3 hafta ichida qo‘lqopli suv bilan bog‘liq barcha uy ishlari bajariladi. Tirnoqlarga kimyoviy moddalardan tanaffus berish kerak.
Parvarishlanadi
Ertalab va kechqurun jujuba, o‘rik yoki zaytun moyi bilan tirnoq atrofi massaj qilinadi.
Mustahkamlovchi dorivor laklardan foydalaniladi
Proteinli formulalar ayniqsa yaxshi.
Jelatinli niqob qo‘llaniladi
Bir osh qoshiq jelatinni bir stakan issiq suvda eritib, eritmaning harorati qulay bo‘lgach, tirnoqlar unga botirib olinadi. 20 daqiqa ushlab turilgach, salfetka bilan artib olinadi.
Yodli aralashma tayyorlanadi
Agar yodli vanna kechqurun qo‘llanilsa, u ertalabgacha bug‘lanadi va tirnoqlarning rangi o‘zgarmaydi. Buning uchun 2 osh qoshiq oddiy tuz va yarim osh qoshiq yodni 200 ml suvda eritiladi. Qo‘llar 15 daqiqa davomida suvga botiriladi, so‘ngra oqayotgan suv bilan yuviladi va krem surtiladi. Bu hammom tirnoq o'sishini rag‘batlantiradi va tuzilishini yaxshilaydi.
Manba