Salomatlik Goʼzallik Yuzni yuvish shart emas: jazirama kunda makiyajni atigi 10 daqiqada yangilash bo‘yicha maslahatlar

Yuzni yuvish shart emas: jazirama kunda makiyajni atigi 10 daqiqada yangilash bo‘yicha maslahatlar

O'qildi: 379


Yuzni yuvish shart emas: jazirama kunda makiyajni atigi 10 daqiqada yangilash bo‘yicha maslahatlar

Yozda eng dolzarb muammolardan biri pardoz xavfsizligi masalasidir — harorat qanchalik issiq bo‘lsa, makiyaj turishi shunchalik qiyin bo‘ladi.

Yaxshi tayyorlangan teri

Makiyajda asosiy narsa terini qanday tayyorlashdir. Bu vizajistlar amal qiladigan birinchi qoida, buning yordamida pardoz uzoq vaqt saqlanadi, chunki to‘g‘ri tayyorlangan terida makiyaj ko‘proq turadi va oqib ketmaydi.

Foto: Legion Media

To‘g‘ri makiyaj

Teriga yaxshi singishi uchun pardoz ham to‘g‘ri bajarilishi kerak — avval praymer, keyin tonal krem surting, so‘ngra qolgan kosmetikani qo‘llang. Makiyajni tugatish ham terini unga tayyorlash kabi muhim. Kosmetikaning chidamliligini oshiradigan fiksator spreyi bilan pardozni tugatish tavsiya qilinadi.

Byuti-blender va konsiler

Bu ikki narsa har doim sumkangizda bo‘lishi kerak. Agar to‘satdan yuzda qizarish, ajinlar yoki boshqa nuqsonlar paydo bo‘lsa, ularni konsiler bilan retush qilish mumkin. Makiyaj tabiiy ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun konsilerni qo‘llash uchun namlangan byuti-blenderdan foydalangan ma’qul — uni ozgina suv bilan namlash va sochiq yoki salfatka bilan siqish kerak.

Foto: Legion Media

Tetiklantiruvchi sprey

Yuzingizni biroz tetiklashtirish uchun termal suv purkashingiz mumkin. Bu yuz qichimasligi va terining pH darajasini normallashtirishga yordam beradi. Yuzingiz dam olgan va namlangan ko‘rinadi. Makiyaj ko‘roq turishi uchun termal suv bilan birga sprey ham ishlatilish mumkin va issiq havoda yuzingizni namlash juda yoqimli bo‘ladi.

Uvalanadigan pudra

Pudra — universal kosmetik mahsuloti bo‘lib, makiyajni yangilashda eng yaxshi yordamchi hisoblanadi.  Uvalanadigan pudra yengil va tabiiy pardoz yaratadi, shuning uchun yuzdagi kamchiliklarni yashirmaydi, bunday holda konsilerdan foydalanfan ma’qul. Lekin bunday pudra yordamida yuzdagi yog‘li yaltirashni osongina yashirish mumkin.

Foto: Legion Media

Rumyana

Agar kun davomida charchagan bo‘lsangiz, yuzingiz xiralashgan va oqarib ketgan bo‘lsa, rumyanangizni yangilang. Shu tarzda charchoqni yashirishingiz, yorqinroq ko‘rinishingiz mumkin. Qo‘llashga ko‘p vaqt sarflamaslik uchun tabassum qiling va cho‘tkaning yengil harakatlari bilan yonoq suyaklariga rumyana surting. Asosiysi, haddan oshib ketmasin, aks holda butun obraz buzilishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.