Salomatlik Goʼzallik Kosmetik vosita ishlab chiqarish ortidan millionlarga ega bo‘lgan yulduzlar (foto)

Kosmetik vosita ishlab chiqarish ortidan millionlarga ega bo‘lgan yulduzlar (foto)

O'qildi: 348


Kosmetik vosita ishlab chiqarish ortidan millionlarga ega bo‘lgan yulduzlar (foto)

Yuz parvarishi va makiyaj uchun vositalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, muvaffaqiyatga erishgan moda va shou-biznes vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Iman

Foto: “Domashniy Ochag”

Amerika top modeli shousining ishtirokchisi model Iman 1994-yilda Iman Cosmetics kompaniyasiga asos solgan. Avvaliga turli irq vakili bo‘lgan(teri rangi turli)qizlarga mo‘ljallangan tonal krem ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda tarmoqda parvarish va makiyaj uchun turli mahsulotlar mavjud.

Sindi Krouford

Foto: “Domashniy Ochag”

90-yillarning yana bir mashhur top modeli Sindi Krouford taniqli kosmetolog Jan-Lui Seba bilan hamkorlikda Meaningful Beauty’ga asos solgan. Fransuz mutaxassisi tomonidan ishlab chiqilgan formula antioksidantlar kompleksini o‘z ichiga olgan. Har bir ayol terisini sifatli parvarish qilishga haqli deb hisoblaydigan Sindi, kosmetikalariga hammabop narx belgilagan.

Dryu Berrimor

Foto: “Domashniy Ochag”

2007-yilda aktrisa Dryu Berrimor CoverGirl kosmetik brendining yuzi bo‘lishga rozi bo‘lgan. 2012-yilda esa FlowerBeauty kompaniyasini sotib olgan. Ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichini nazorat qiladigan Dryu, uning reklamasi bilan ham o‘zi shug‘ullanadi. Yuqori sifat va cho‘ntakbop narxlar brendning asosiy prinsipi hisoblanadi.

Miranda Kerr

Foto: “Domashniy Ochag”

Victoria’s Secret modeli Miranda Kerr 2009-yilda KORA Organics kosmetikasini ishlab chiqara boshlagan. 100 foiz organik komponentlardan tayyorlanadigan vositalar sotuvga chiqarishdan avval hayvonlarda sinaladi.

Jessika Alba

Foto: “Domashniy Ochag”

Jessika Alba 2011-yilda The Honest Company’ga asos solgan. Avvaliga taglik keyinchalik bolalar uchun buyumlar, vitamin, quyoshdan himoya qiluvchi vositalar ishlab chiqarilgan. 2015-yilda esa alohida kosmetik brend HonestBeauty tashkil qilgan. U parvarish uchun mo‘ljallangan 17 ta, makiyaj uchun mo‘ljallangan 66 ta vositani o‘z ichiga oladi. Jessika nafaqat aktrisalik, balki biznesda ham yetarlicha muvaffaqiyatga erishgan. 2015-yilda biznesdan orttirgan daromadi 1 milliard dollarni, shaxsiy moliyaviy ahvoli esa 200 millionni tashkil qilgan. Shu yilning iyun oyida uning surati Forbes jurnalining muqovasida chop etilgan.

Opa-singil Kardashyanlar

Foto: “Domashniy Ochag”

2015-yilda Kortni, Kim va Xloya Kardashyanlar Kardashian Beauty nomli soch parvarish vositalarini ishlab chiqargan. Foydali yog‘ kislotalari va antioksidantlarga boy namlantiruvchi yog‘lar sochning qalin va jilokor ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Kayli esa Kylie Cosmetics brendini tashkil qilgan. Bugungi kunda mazkur mahsulotlar ijtimoiy tarmoq va sayt orqali sotiladi. Kompaniya tomonidan, shuningdek, ten, podvodka, xaylayter va konsiler ishlab chiqariladi.

Rianna

Foto: “Domashniy Ochag”

Xonanda 2017-yilda Fenty Beauty brendiga asos solgan. Makiyaj uchun mo‘ljallangan vositalar orasida ayniqsa 40 xil rangi mavjud tonal krem mashhurlikka erishgan.

Alla Pugachyova va Filipp Kirkorov

Foto: “Domashniy Ochag”

90-yillarda Alla uch xil atir: Alla Black, Miss va Primadonna’ni taqdim qilgan. Alla Black atirining 100 ming flakoni bir zumda sotilgan. 2016-yilda esa Filipp Kirkorov “Ya” nomli ayollar va erkaklarga mo‘ljallangan atir taqdim qilgan.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.