Pedikyur uchun boshqa mutaxassisga murojaat qilish kerakligidan darak beruvchi 8 belgi
Kunlar isishni boshlashi bilan qiz va ayollar ochiq poyabzal, ya’ni bosonojka kiyadi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni yuqori bo‘lishi va estetik zavq berishi uchun esa pedikyur qildirishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun mutaxassisga murojaat qilganda esa foydalanadigan buyumlarining tozaligi va bir martalik yoki yo‘qligidan tashqari quyidagilarga qarab ham uning qanchalik malakali ekani haqida xulosa qiladi.
Foto: CosmopolitanIsh joyi
Mutaxassisning ish joyi toza va ozoda ekaniga e’tibor qarating. Atrofda tartibsizlik va avvalgi mijozdan iz qolgan bo‘lmasligi kerak. Pedikyur ustasining bir martalik niqob va qo‘lqop kiygani hamda tirnoq va oyoqlaringizni antiseptik bilan tozalaganiga e’tibor qarating.
Vanna qabul qilish
Oyoqlarni suvga ivitishda mutaxassis bir martalik paketdan foydalanishi kerak. Aksincha bo‘lsa, boshqa pedikyuk ustasiga murojaat qilganingiz yaxshi.
Manipulyatsiya qilish
Mutaxassis sizga gap bermay nimadirlar haqida tinmay gapirsa, uni to‘xtatib nima qilmoqchi ekanligi haqida so‘rang. Yaxshi mutaxassis ish boshlashdan avval siz qanday pedikyurxohlayotganingiz haqida qiziqishi, lozim bo‘lsa klassik, apparatli va kombinatsiyapedikyur qilish haqida tavsiya berishi kerak. Qolaversa, qadoq bor yoki yo‘qligiga e’tibor berib, poyabzal kiyganda noqulaylik kelib chiqmasligi haqida ham so‘rashi lozim.
Tirnoqlarni pilkalash
Tirnoqlarga shakl berishdan avval suvga ivitish eng katta xatolardan biri hisoblanadi. Bu tirnoqlar plastinasiga zarar yetkazishi mumkinligi sabab ham quruq paytida pilkalash kerak. Tirnoqning uzunligi va shakli me’yorga keltirilganidan keyingina ivitish mumkin. Agar buning teskarisi bo‘lsa, mutaxassisga tanbeh berishni unutmang.
Tirnoqlarga qanday shakl berish?
Oyoqlar pedikyuri haqida gap ketganda tirnoqlarga kvadrat va nomiga kvadrat shakl berilgani yaxshi. Chunki dumaloq shaklning berilishi tirnoqlarning ichiga o‘sishi va muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Gel-lakni o‘chirish
Eski gel-lakni ketkazishning eng xavfsiz usuli apparat yordamida o‘chirish hisoblanadi. Ammo ko‘pchilik bu usul tirnoq plastinasiga zarar yetkazadi deb hisoblaydi. Aslida esa malakasiz mutaxassisgina bunga yo‘l qo‘yishi mumkin. Apparatli o‘chirish jarayonida mutaxassis hech qachon bazani butunlar olib tashlamasligi kerak. Tarkibida tirnoqlarni shikastlashi mumkin bo‘lgan aseton borligi sabab esa gel-lakni o‘chirish uchun suyuqlikdan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Muammoga qaramay pedikyur qilishga rozi bo‘lish
Tirnoqlar ichiga o‘sgan bo‘lsa yoki boshqa bir muammo kuzatiladigan bo‘lsa istalgan mutaxassisning pedikyur qilishdan voz kechishi asosli bo‘ladi. Podologga murojaat qilib davolangandan keyin pedikyur qildirsa bo‘ladi.
Tirnoqlarning noto‘g‘ri bezalishi
Malakali mutaxassis hech qachon tirnoqlarni gel-lek bilan teriga taqab qoplamaydi, ingichka shu bilan birga ko‘zga tashlanmaydigan ochiq joy qoldiradi. Aks holda ikki haftadan keyin mijoz oyog‘ida noqulaylik va og‘riqni his qilish mumkin.
Manba