Salomatlik Goʼzallik Sanskrin — foydalimi yoki zararli? Yozda terini qanday himoya qilish kerak?

Sanskrin — foydalimi yoki zararli? Yozda terini qanday himoya qilish kerak?

O'qildi: 294


Sanskrin — foydalimi yoki zararli? Yozda terini qanday himoya qilish kerak?

Quyoshli ob-havo ko‘proq vaqtni ochiq osmon ostida o‘tkazishga undaydi, bu odatda ko‘ngilni ko‘taradi va rag‘batlantiradi. Ammo ushbu jarayon terining tashqi ko‘rinishi  va salomatligiga jiddiy zarar yetkazmasligi uchun eng avvalo nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Foto: “championat.com”

Quyoshdan himoya qiluvchi kremning nomidan ham ma’lumki, u terini himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Biroq ba’zilar buni foydali emas, aksincha zararli deb ham biladi. Garvard tibbiyot maktabining dermatologiya kafedrasi assistenti, Brigam va ayollar shifokori Jennifer Lin sanskrin haqida ayrim narsalarni ma’lum qildi.

Quyoshdan himoya qiluvchi kremning xavfli ekani va teri saratoniga olib kelishi isbotlanganmi?

Bu yolg‘on taxmin. Sanskrinni ishlatganlarning ko‘pchiligi quyoshli mamlakatlarga sayohat qilgani va faol ravishda toblangani sababli paydo bo‘lgan fikr. Boshqacha qilib aytganda, quyosh nurlari ostida uzoq vaqt bo‘lish kremdan emas, balki quyosh nuri tufayli saraton kasalligi xavfini oshiradi.

Barcha quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanishi kerakmi?

Mutaxassis teri saratonini, shu jumladan, melanomaning oldini olish uchun quyosh nurlaridan himoyalanishni tavsiya etadi. Bug‘doy va qora rangli teri egalarida ushbu holatlarning rivojlanish ehtimoli juda past. Shuning uchun ham ular buni o‘zi uchun zarur deb bilmaydi. Biroq quyosh nuridan himoyalanish terining yaxshi ko‘rinishini uzaytirishga ham yordam beradi. Demak, tabiiy ravishda qora rangli teri egalari ham quyoshdan saqlovchi kremlarni e’tiborsiz qoldirmasligi kerak.

Sanskrinni qo‘llash D vitamini yetishmasligiga olib kelishi mumkinmi?

Quyoshdan himoyalovchi krem D vitamini uchun muhim bo‘lgan ultrabinafsha nurlarini to‘sib qo‘yadi. Ammo ko‘pchilik tavsiya etilgan miqdordan bir choy qoshiq kamroq qo‘llashi natijasida buning oldini oladi. Agar mazkur krem D vitamini yetishmovchiligiga olib kelishi mumkinligi bezovta qilsa, u holda mutaxassislarga murojaat qilish zarur. Ular zarur deb hisoblasa, qo‘shimcha vitaminlar tavsiya qilinadi.

2018-yilda butun dunyo bo‘ylab 13 ta yetakchi mutaxassislar D vitamini darajasi quyosh nuri bilan qanday bog‘liqligini muhokama qildi. Ular ushbu kremni kattalardagi D vitamini darajasiga ta’siri juda kam yoki umuman yo‘q degan xulosaga keldi.

Sanskrinlar qanday bo‘ladi?

Sanskrin kremlari ultrabinafsha nurlaridan himoyalovchi kosmetik vositadir. Ularning bir necha xillari mavjud:

Sprey

Mahsulotning yengilligi va qo‘llanish uslubining qulayligiga qaramay, ular ham krem kabi himoya darajasiga ega. Faqat vositani teriga bir xilda taqsimlash zarur.

Krem

Shuni unutmangki, krem nafaqat tanaga, balki yuz uchun ham mo‘ljallangan. Shuningdek, ko‘plab quyoshdan saqlovchi kremlar ko‘z atrofi terisi uchun mos kelmaydi. Demak, undan foydalanishdan avval ishlab chiqaruvchilarning tavsiyalarini diqqat bilan o‘rganib chiqish zarur.

Flyuid

Bu esa sanskrinning suyuq va qulay shakli. Ayniqsa, yog‘li teri egalari uchun mos keladi va ularning ustidan krem surish ham mumkin.

“Quyosh suvi”

Bu vositaning yanada yengil va vaznsiz shakli. Ishlatishdan oldin mahsulotni yaxshilab chayqab yuborish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.