Salomatlik Goʼzallik Oddiy pardoz vositalari yordamida betakror ko‘rinish uchun stilistlardan 6 tavsiya

Oddiy pardoz vositalari yordamida betakror ko‘rinish uchun stilistlardan 6 tavsiya

O'qildi: 370


Oddiy pardoz vositalari yordamida betakror ko‘rinish uchun stilistlardan 6 tavsiya

Go‘zallik qurbonlik emas, balki ko‘p pul talab qiladi. Stilistlarning quyidagi maslahatlari yordamida hech bo‘lmaganda katta xarajatlardan qochish mumkin.

Foto: Legion-Media

Makiyajingizni yangilang, ammo qaytadan bo‘yanmang

Agar pardozingiz biroz buzilgan bo‘lsa, uni yuvib, qaytadan bo‘yanmang — shunchaki uni yangilang. Buning uchun yuzingizga ozgina tonik surting va ro‘molcha bilan arting. Shunda yuzingiz yana yangi va yorqin ko‘rinadi.

Tanangiz uchun qo‘lbola skrablardan foydalaning

Foto: Legion-Media

Qimmat skrablarga pul sarflashning hojati yo‘q: zaytun moyiga(bir hissa)shakar, dengiz tuzi yoki maydalangan qahva(ikki hissa)va bir necha tomchi efir moyi qo‘shib, uy sharoitida skrab tayyorlang.

Makiyaj asoslarini bronzator bilan almashtiring

Qishki pardoz uchun tonal kremni teri rangiga uyg‘unlashtirish uchun unga bronzator qo‘shing. Bu yozgi kosmetika mahsulotlarini sotib olishdan ko‘ra ancha oson va arzonroq.

Lab bo‘yog‘ingiz kun bo‘yi yangidek tursin

Foto: Legion-Media

Lab bo‘yog‘i tezda o‘chib ketmasligi uchun salfetkaga ozgina pudra surtib, keyin lablarga — lab bo‘yog‘i ustidan surting. Aytgancha, bu oddiy hiyla nafaqat lab bo‘yog‘i o‘chishining oldini oladi, balki undan tishlaringizni ham himoya qiladi.

Uzun kipriklarga ega bo‘lish uchun oddiy hiyla ishlating

Foto: Legion-Media

Uzun, bekam-u ko‘st kipriklarga ega bo‘lish uchun oddiy hiyla ishlatib ko‘ring: Tush ishlatishdan oldin uning cho‘tkasini yumshoq mato bilan artib oling, shunda tush tekis va tartibli surtiladi.

Makiyajni ketkazishda vazelindan foydalaning

Oddiy vazelin kiprik, ko‘z qovoqlari va yuz terisidagi pardozlarni ketkazish uchun ajoyib vosita. Paxta diskiga yoki ro‘molchaga ozgina vazelin surting va yuzingizni yuqoridan pastga qarab arting.

Mavzuga doir: 

  • Shahlo ko‘zlar garovi: Kipriklarni bo‘yashda foydalaniladigan tushning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?
  • Osiyolik ayollarning abadiy yoshlik siri: “Sassi suvi” va yuzni yuvish qoidalari
  • Gel-lakdan keyin tirnoqlarni qanday parvarishlash kerak?
  • Sochlar o‘sishi uchun nima qilish kerak?Oddiy, ammo samara beradigan 16 tavsiya
  • Qoshlarni tatuaj qildirmaslik uchun eng asosiy besh sabab


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.