Linza foydalanuvchilari diqqatiga: ularni ishlatishda yo‘l qo‘yiladigan 6 ta xato
Kontakt linzalar – bu hayotni ancha oson va qulaylashtiradigan insoniyatning bebaho ixtirolaridan biridir. Ammo agar qoidalarga rioya qilinmasa, oqibati yaxshi bo‘lmasligi ham mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Doim ham qo‘llarni yuvmaslik
Birinchi va ehtimol, eng muhim qoida: linzalarni o‘rnatish yoki olib tashlashdan oldin, qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuvish kerak. Bundan tashqari, barmoqlarga alohida e’tibor berilishi lozim. Kun davomida qo‘llarimiz ko‘plab bakteriyalar bilan aloqa qiladi va bu nafaqat ko‘chada yoki jamoat transportida, balki uyda ham sodir bo‘ladi. Patogenlar qo‘llarning yuzasidan ko‘zning shilliq qavatiga o‘tishi va yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin.
Linzalardan kerakli vaqtdan ko‘proq foydalanish
Agar ikki haftalik linzalardan ikki baravar ko‘proq foydalanilsa va kamida ikki kun davomida muntazam linzalar olinmasa, ko‘p narsalarni tejash mumkin, shunday emasmi?Ammo aslida, bu juda yomon g‘oya. Agar foydalanish muddati tugagan bo‘lsa, bu ko‘zlar uchun juda xavflidir. Kontakt linzalarni uzoq vaqt davomida ishlatish shox pardaga shikast yetkazishi ham mumkin.
Linza bilan uxlash
Ko‘pgina linzalar tunda foydalanish uchun mo‘ljallanmagan. Gap shundaki, yopiq ko‘zlar linzalardan deyarli kislorod olmaydi, shuning uchun shifokorlar linzalarni qisqa vaqt uxlashdan oldin ham olib tashlashni maslahat beradi.
Tozalik qoidalariga rioya qilmaslik
Qoida linzalarni yechib, idishga solib qo‘yishdan iborat, deydiganlar adashadi. Linzalar nafaqat yaxshi ko‘rishga yordam beradi, balki qo‘shimcha ravishda ko‘zlarni ifloslanishdan himoya qiladi. Ishlatilgandan so‘ng dezinfeksiyalovchi eritma qo‘llaniladi va ko‘rsatkich barmoq bilan ikki tomondan yumshoq silanadi. Keyin yuviladi va shundan keyingina bir kechaga idishga solinadi.
Linza idishini yuvmaslik
Yana bir keng tarqalgan xato!Idishdagi suyuqlikni har kuni almashtirish kerak. Shundan keyin uni dezinfeksiyalovchi eritma bilan yaxshilab chayib, mato ustiga teskari qo‘yib quritiladi. Keyingi ishlatishdan oldin idish quruq ekaniga ishonch hosil qilish lozim: nam muhit esa bakteriyalar ko‘payishi uchun ideal sharoit hisoblanadi.
Avval pardoz, keyin linza
Linzalarni taqish vaqtida pardoz kukuni vat tenlarning mayda zarralari linzalarga tushishi mumkin. Shuning uchun pardozni linzalarni o‘rnatgandan so‘ng amalga oshirish kerak. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar ko‘zga zarar bermaslik uchun yog‘li tenlardan foydalanishni maslahat beradi.
Manba