Olimlar shellakning salomatlik uchun zararli ekanligini aniqladi
Shellak qildirishni yaxshi ko‘radigan ayol va qizlar qoplamani quritish davomidagi ultrabinafsha nurlari turli kasalliklarga olib kelishi mumkinligini yodda tutishi zarur.
Foto: Marie ClaireShellak nima o‘zi?
Shellak — uzoq vaqt davomida tirnoqlari mukammal qoplanib turishini istovchilar uchun eng yaxshi lak muqobili hisoblanadi. Tirnoqlarni qoplash jarayonida lak va geldan foydalaniladi. Shellak tirnoqlarda 3 hafta davomida o‘zgarishsiz turishi mumkin. Asosan, salonlarda amalga oshiriladigan jarayonda dastlab tirnoq plastinkalari tozalab olinadi, keyin yog‘sizlantirilib, bazaviy qoplama surtiladi. Undan so‘ng rangli lakdan foydalaniladi.
Shellakning oddiy lakdan farqi — har bir surtilgan qavat bir necha daqiqa davomida ultrabinafsha lampa nurlari bilan quritiladi. Quritilgani hisobiga shellak jarayon tugagunicha qotib bo‘ladi. Odatda shellak bilan qoplashga 15 daqiqaga yaqin vaqt ketadi. Uni o‘chirish uchun esa mutaxassisga murojaat qilgan yaxshi. Atsetonni o‘zi bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Tirnoqlarni atseton shimdirilgan paxtali disklarga, keyin folga qog‘ozi bilan 10 daqiqaga o‘rab qo‘yilsa, ish berishi mumkin. Ammo bunda tirnoqlarning quritib yuborish ehtimoli katta. Salonlarda esa maxsus, tirnoqlarga shikast yetkazilmaydigan usullardan foydalanishga harakat qilinadi.Hidi va tarkibida toluola, dibutilftalan, formaldegid yo‘qligi hisobiga shellak gipoallergen qoplama hisoblanadi.
Nimasi xavfli?
Shellak tirnoq plastinkasiga salbiy ta’sir qilishi, qolaversa, shikastlashi ham mumkin. Tirnoqlar o‘ziga kelib olishi uchun esa 2 oy davomida shellaksiz yurish kifoya. Boshqa xavfi esa quritish jarayonida ishlatiladigan ultrabinafsha nurlar bilan bog‘liq. Ayrim olimlar ultrabinafsha nurli lampalarning salomatlik uchun zararli ekanini ta’kidlaydi. Bunday qarorga Amerikaning teri saratoni bilan bog‘liq muammolarni o‘rganuvchi tashkilot mutaxassislari kelgan. Tadqiqotlarda salondagi anjomlar kanserogen ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlagan
Qanday himoyalanish mumkin?
Shellak qildirish orasida vaqt bo‘lsin, 1,5-2 oy eng yaxshi muddat. Bu vaqtda parvarishlaydigan qoplamalardan foydalanilsa, yanada yaxshi. Lampaning zararidan maksimal darajada himoyalanish uchun mutaxassislar shellakdan avval SPF krem qo‘llashni tavsiya qiladi. Tirnoq uchun vosita va mahsulotlar ishlab chiqaradigan CND’ning rasmiy murojaatida shellak haqida shunday deyiladi:
“Mijozlar va professional salon xodimlari CND mahsulotlarini 30 yildan ko‘proq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli ishlatib kelmoqda. CND’ga qarashli bo‘lgan tirnoqlar uchun uzoq turadigan shellak qoplamasi 2010-yilda chiqarilgan bo‘lib, gel-laklar kategoriyasida birinchi hisoblanadi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi”.
Kompaniyaning ma’lumotiga ko‘ra, gel lak uchun ultrabinafsha nurli lampalardan foydalanilganida nurlanish sog‘liqqa xavf soladigan darajada bo‘lmaydi. Nurlanishdan xavotirda bo‘lganlarga esa teri saratoniga qarshi kurashish fondi ultrabinafsha nurlariga qo‘llarni qo‘yib quritishdan 20 daqiqa avval quyosh nurlaridan himoya qiluvchi SPF-krem surtishni tavsiya qiladi.
Manba