Osiyolik ayollarning abadiy yoshlik siri: “Sassi suvi” va yuzni yuvish qoidalari
Agar siz internetda Masako Mizutani, Liu Yerin, Risa Hirako ismlarini yozsangiz, Google sizga aslida 50 yosh bo‘lgan, ammo 20 yoshdek ko‘rinadigan go‘zallarning fotosuratlarini beradi va bu fotoshop emas. Osiyolik ayollar yevropalik jinsdoshlariga qaraganda yoshroq ko‘rinadi. Buning sirini esa quyidagi ma’lumotlardan bilib olasiz.
Foto: Getty ImagesYuzni bosqichma-bosqich yuvish
Hech bir yapon yoki koreys ayol yuzini darhol tozalovchi gel bilan yuvmaydi. Terida makiyaj bo‘lishidan qat’i nazar, ular avval teriga zardob yoki gidrofil moy surtishadi. Shundan keyingina yuzlarini odatdagi ko‘pik yoki gel bilan yuvadi. Aytgancha, osiyolik ayol hech qachon bir vaqtning o‘zida turli xil kosmetik mahsulotlarni ishlatmaydi: gel, krem, zardob va losyonlar bir xil markali bo‘lishi kerak. O‘ziga nisbatan bunday hurmat buddaviylik davriga borib taqaladi: bu tana bizga tegishli emasligini, biz uni vaqtincha ishlatish uchun olganimiz va unga boshqa birovning mulki kabi ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishimiz kerakligini o‘rgatadi.
Mavzuga doir: Bilib qo‘ygan yaxshi!Yuz terisini parvarish qilish haqida 10 ta fakt
Manba