Salomatlik Salomatlik Homiladorlikda manikyur va pedikyur qilish xavflimi?

Homiladorlikda manikyur va pedikyur qilish xavflimi?

O'qildi: 420


Homiladorlikda manikyur va pedikyur qilish xavflimi?

Homiladorlik davrida ayollar doimgidan ham ko‘proq ehtiyotkor bo‘lishadi, chunki ularning har bir harakati bolaga ta’sir qilishi mumkin. Ko‘pgina bo‘lajak onalarni homiladorlik paytida manikyur va pedikyurni qilish mumkinmi yoki bu chaqaloq uchun zararlimi, degan savoliga Grazia nashri javob berdi.

Foto: Grazia

Go‘zallik saloniga sayohatlardan butunlay voz kechish qiyin, chunki ushbu protseduralar har doim ayollarning kayfiyatini ko‘taradi va ularga o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam beradi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, agar homilador ayollar bir nechta muhim qoidalarga rioya qilsa, manikyur va pedikyurdan xavfsiz tarzda foydalanishi mumkin.

Avvalo xodimlari materiallarni tejamaydigan, tozalik va ventilyatsiyani nazorat qiladigan hamda kuchli kimyoviy moddalardan foydalanmaydigan ishonchli go‘zallik salonini topish kerak. Agar yangi joyga borsangiz, barcha asboblar yaxshilab dezinfeksiyalanganligiga ishonch hosil qiling. Uni qanday tekshirish mumkin?Birinchidan, mutaxassisning o‘zi muhrlangan paketni ko‘rsatishi va mijozning oldida ochishi kerak. Paketning o‘zida sana, sterilizatsiya uchun asboblarni yuborgan shaxsning ismi bo‘ladi.

Agar qo‘l va oyoqlarda yara yoki kesilgan jarohatlar bo‘lsa, manikyur va pedikyurdan voz kechish tavsiya etiladi, chunki bunday vaqtda infeksiya yuqishi xavfi mavjud. Teri tuzalguncha kutish boshqa jiddiy muammolarning oldini oladi. Tajribali mutaxassisni tanlang, shunda barmoqlar atrofidagi teriga zarar yetkazish ehtimoli kamroq bo‘ladi.

Mutaxassisga avvalo holatingiz haqida ma’lum qiling va protsedura davomida foydalanadigan mahsulotlar xavfsiz yoki yo‘qligini tekshiring. Agar biror shubha paydo bo‘lsa, unda ortiqcha tashvishdan qutulish uchun salonga borishdan bosh tortgan ma’qul.

Shuni ham hisobga olish kerakki, homiladorlik paytida ayollarning hidga bo‘lgan sezgirligi ortib ketadi, shuning uchun hatto oddiy lak yoki uni tozalaydigan suyuqlikning hidi ham ko‘ngil aynishi va bosh aylanishiga olib kelishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.