Salomatlik Salomatlik Yetilgan va mazali tarvuz tanlash bo‘yicha 7 tavsiya (video)

Yetilgan va mazali tarvuz tanlash bo‘yicha 7 tavsiya (video)

O'qildi: 387


Yetilgan va mazali tarvuz tanlash bo‘yicha 7 tavsiya (video)

Yoz fasli unda istalgan barra meva va sabzavotlarni iste’mol qilish bilan ham o‘ziga xosdir. Uch oy davomida gilos, o‘rik, qovun va tarvuzni xohishga qarab istagancha iste’mol qilsa bo‘ladi. Tarvuzni qanday va qanaqasini xarid qilish kerakligi haqidagi tavsiyalarni esa e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Freepik

Tarvuzni qachon xarid qilish kerak?

Rastalarda iyun oyining o‘rtalarida paydo bo‘lishiga qaramay, xarid qilishga biroz shoshmaslik kerak. Ko‘rinishi chiroyliligi uning mazali ekani va salomatlik uchun xavfsizligini bildirmagani sabab esa iyul oyida ham sotib olishga oshiqmaganingiz yaxshi. Uning erta yetilishiga kimyoviy moddalar — nitratlar sabab bo‘lgan bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas. Ko‘rinishi va ta’midan sezilmagani bilan intoksikatsiyada kuchli zaharlanishga olib kelishi mumkin. Ta’mi ham rangi ham me’yorda bo‘lishga ulgurgani sabab avgust oyi tarvuz xarid qilish uchun eng yaxshi vaqt sanaladi.

https://www.instagram.com/p/CRjnkHklpiQ/?utm_source=ig_embed&ig_rid=3198789b-4726-47a3-9835-9c738deef58c

Muhim!

Tarvuzda nitratlarning bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun tarvuzning kesilgan bir bo‘lagini suvli stakanga soling. Suv qizarsa bunday tarvuzni iste’mol qilmagan yaxshi. Suvning shunchaki xiralashgani, sizning tanlov borasida yanglishmaganingizdan darak beradi. Ammo hatto avgustda xarid qilgan taqdirda ham ayrim jihatlarni inobatga olishni unutmaslik kerak.

Po‘stlog‘i qanday bo‘lishi kerak?

Tarvuzning po‘stlog‘ini yaxshilab ko‘zdan kechiring, Unda yorilishlar yo‘qligi, mexanik zarb yetmaganiga amin bo‘ling. Hatto kichkina yoriqdan ham mikrob ichiga tushgan bo‘lishi mumkinligini unutmang.

Muhim!

Yoriqlar va zarb yetganini jigarrang sifat, quruq hamda tarvuzning yon tarafidagi setkaga o‘xshash chiziqlar bilan adashtirmang. Bunday tarvuz aksincha, suvli va yetilgan bo‘lishi mumkin. Tarvuz yorqin rangda bo‘lishi kerak, bu uning quyosh nurlari ostida yetarli vaqt davomida bo‘lgani hamda yetilganini bildiradi. Undagi sariq dog‘ yerda yetilguniga qadar shu tomoni bilan yotganini bildiradi. Ustidagi oq qismi 5-10 santimetr bo‘lishi mumkin.

Qanday hajmdagisini xarid qilish kerak?

Tarvuzning kattaligi uning mazasi shirinligini bildirmaydi, aksincha bunday ko‘rinishiga nitratlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Yetilmagan bo‘lishi mumkinligi sabab esa haddan ortiq kichkinasini ham xarid qilmagan yaxshi. Og‘irligi 20 kilogacha bo‘lgan tarvuz eng yaxshi variant hisoblanadi.

Qanday ko‘rinishdagisi mazali?

Tarvuz ikki xil: cho‘ziqroq, pastki qismi qavariq, shuningdek, yapaloq yoki dumaloq shaklda bo‘lib, pastki qismi yassi bo‘lishi mumkin. Aynan ikkinchi tarvuz birinchi ko‘rinishdagisidan ko‘ra mazali va suvliroq deb hisoblanadi. Qolaversa, bunday ko‘rinishdagi tarvuzning danagi ham kamroq bo‘ladi.

Yetilgan tarvuzdan qanday ovoz chiqishi kerak?

Yetilgan tarvuzni chertganda aniq va yangroq, yaxshi pishmaganidan esa aksincha, bo‘g‘iq ovoz eshitiladi.

“Dumi”iga qarab nimani bilsa bo‘ladi?

Tarvuzning yon qismidagi “dumi”ning quruqligi uning yetilganida, yashilligi esa erta uzilganini bildiradi. Ammo birgina bundan kelib chiqib xulosa qilish yaramaydi.

Muhim!

Tarvuzning “dumi” yo‘qligi xaridorlar yetilgan yoki yo‘qligini bila olmasligi uchun sotuvchi tomonidan olib tashlangani bildiradi.

Qayerdan xarid qilgan yaxshi?

Saqlash me’yorlariga amal qilinadigan, maxsus sharoitlari bor supermarket va do‘konlar xarid qilish uchun eng yaxshi variant hisoblanadi. Bozordagi sotuvchi sizga tatib ko‘rish uchun bergan tarvuz bo‘lagini esa yeb ko‘rish tavsiya qilinmaydi. Gap shundaki, sanitariya qoidalariga amal qilish bilan bog‘liq muammo sabab sog‘ligingizda muammo kuzatilishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.