Salomatlik Goʼzallik Qoshlarning mukammal ko‘rinishiga yordam beradigan 7 tavsiya

Qoshlarning mukammal ko‘rinishiga yordam beradigan 7 tavsiya

O'qildi: 436


Qoshlarning mukammal ko‘rinishiga yordam beradigan 7 tavsiya

Obrazning o‘ziga xos bo‘lishida qoshlarning ko‘rinishi muhim rol o‘ynaydi. Viktoriya Bekxem va Amanda Xoldenga bu borada yordam beradigan mutaxassis Nilam Xolms qoshlar mukammal ko‘rinishi uchun nimalarga rioya qilish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: Marie Claire

Qoshlarni tarashni unutmang

Dastlab maxsus yoki qosh tolalarini tarash mumkin bo‘lgan cho‘tka tanlang. Bunday cho‘tka bilan qoshlarni tartibga keltirish tolalarning qo‘shimcha o‘sishini rag‘batlantiradi. Makiyajdan oldin qoshlarni tarash esa qanday urg‘u berish kerakligini aniqlab olishga yordam beradi. Ammo cho‘tkadan foydalanish davomida gigiyena qoidalariga amal qilish uchun doimiy ravishda yuvib turish kerakligini unutmang.

Namlantiruvchi kremlardan foydalanmang

Aksariyat ayol-qizlar namlantiruvchi kremlarni yuzining butun qismiga surtishni afzal biladi. Ammo mutaxassis Nilam Xolmsning ta’kidlashicha, namlantiruvchi vositalar, SPF va tonal kremlar qosh tolalarini shikastlab, ularning o‘sishiga ta’sir qilishi mumkin.

Bo‘yashdan cho‘chimang

Har kuni makiyajga vaqt sarflashni istamaydiganlar uchun qoshlarni bo‘yatish tavsiya qilinadi. 20-30 daqiqa davom etadigan mazkur muolaja to‘g‘ri amalga oshirilsa va mutaxassis malakali bo‘lsa, 3 hafta davomida qoshlar qalin va to‘q ko‘rinadi. Qosh shaklini o‘zgartirishni istaganlarga buni bo‘yashdan keyin amalga oshirish tavsiya qilinadi. Bu qanday shakl berishni aniqlashtirib olishga yordam beradi.

Qosh uchun mo‘ljallangan kosmetik vositalarning bir nechtasidan foydalaning

Qosh uchun birgina vositadan foydalanish notabiiy ko‘rinishga sababchi bo‘ladi. Qosh uchun mo‘ljallangan turli vositalarni umumlashtirish esa maksimal darajada samara beradi. Masalan, gel va qosh qalamini birga ishlatib, xuddi go‘zallik salonlaridagidek ko‘rinishga keltirishingiz mumkin. Mutaxassis esa qalam, pudra va fiksatordan foydalanishni tavsiya qiladi.

Qosh qalamining shakliga e’tibor bering

Qosh qalamlari turli shakl va o‘lchamda bo‘lishi mumkin. Uning uchi qanday shaklda ekani esa obrazning qanday chiqishida muhim rol o‘ynaydi. Uchi ingichka qalamlar qosh tolalarining orasini tabiiy to‘ldiradi. Uchburchak shakldagisi esa qoshga shakl berishga yordam beradi.

Xaylayterdan foydalaning

Xaylayterdan foydalanish ham qoshlarning o‘ziga xos ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Buning uchun qoshning ostki qismiga oshirib yubormagan miqdorda xaylayter surtish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, ushbu kosmetik vosita rangi terinikidan biroz och bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Agar teriga mos tushadigan xaylayter topa olmasangiz, qovoqlarga surtish uchun mo‘ljallangan tendan foydalanishingiz mumkin.

Ovqatlanishga e’tibor bering

Tashqi ko‘rinishning qanday bo‘lishi ichki ahvol bilan ham bog‘liq ekanini unutmang. Ozuqa moddalariga boy mahsulotlardan iborat parhez sochlarning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi. Shu sabab ham ratsionga tuxum, baliq, sabzavot va avokado singari foydali mahsulotlarni kiritishni unutmang. Shuningdek, soch tolalarining o‘sishini jadallashtiradigan keratin va oqsilga boy mahsulotlar iste’molini ham kanda qilmaslik kerak.

Mavzuga doir: 

  • Shahlo ko‘zlar garovi: Kipriklarni bo‘yashda foydalaniladigan tushning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?
  • Istalgan makiyajning omadsiz chiqishiga sabab bo‘luvchi 7 xato
  • Qosh va kipriklarni laminatsiya qildirish zararlimi?O‘zbekistonlik tajribali mutaxassis javob beradi
  • Qosh laminatsiyasi qanday qilinadi va nima uchun kerak?Mutaxassis javob beradi
  • Qosh shakli xarakter haqida nimalarni so‘zlaydi?Yulduzlar misolida izoh beramiz(foto)


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.