Salomatlik Goʼzallik Mashhurlarning vizajistidan maslahatlar: ko‘pchilik makiyajda yo‘l qo‘yadigan eng katta 4 xato (foto)

Mashhurlarning vizajistidan maslahatlar: ko‘pchilik makiyajda yo‘l qo‘yadigan eng katta 4 xato (foto)

O'qildi: 353


Mashhurlarning vizajistidan maslahatlar: ko‘pchilik makiyajda yo‘l qo‘yadigan eng katta 4 xato (foto)

Odatda ayollarning o‘zi kundalik makiyajni qilishni amallaydi. Lekin bir qancha kamchiliklar bilan buni amalga oshiradi. Quyida deyarli barcha yo‘l qo‘yadigan xatolar bilan tanishib chiqish mumkin.

Qoshlar

Foto: Cosmopolitan

Xato: Qalam juda qoraligi tufayli ko‘z qovog‘ini og‘irlashtiradi. Bundan tashqari, qoshning boshlanishi juda ingichkalashib ketgan.

Yechim: Qoshga biroz kamon shakli berilgan. Asosan qoshning yuqori va pastki qismi bo‘yalgan. Shuningdek, kengaytirilgan va taralgan.

Ko‘z

Foto: Cosmopolitan

Xato: jigarrang ko‘z qovog‘ining burilishida deyarli ko‘rinmaydi va pastki kirpiklarga urg‘u bermaydi.

Yechim: Asosiy farq shundaki, kirpik konturiga qalam bilan ishlov berilgan va quyuq ranglar faqat ko‘z burchagiga surtilgan.

Rumyana

Foto: Cosmopolitan

Xato: Yuzning yumshoq qismiga surilgan bo‘yoqning notabiiyligi yaqqol seziladi. Yanoq suyaklariga surilgan rumyana esa tamoman avvalgisidan farq qiladi.

Yechim: Ushbu vositadan juda o‘z miqdorda, nomiga surtish kifoya. Aks holda makiyajda kamchiliklar yuzaga keladi.

Lablar

Foto: Cosmopolitan

Xato: lab bo‘yog‘i lab konturidan chiqarib bo‘yalganda, avvalo, tasvir buziladi, bo‘yoq bor tekisda surilmaydi. Shuningdek, bunday bo‘yanish atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirmaydi.

Yechim: Lab chizig‘idan chiqmagan holda hamda burchaklariga qadar to‘g‘ri bo‘yash obrazni yanada mukammal qiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.