Salomatlik Goʼzallik Ko‘zlar makiyajsiz ham katta ko‘rinishi uchun nima qilish kerak?

Ko‘zlar makiyajsiz ham katta ko‘rinishi uchun nima qilish kerak?

O'qildi: 389


Ko‘zlar makiyajsiz ham katta ko‘rinishi uchun nima qilish kerak?

Kosmetik vositalar yordamida har kuni pardoz qilishni istamaydiganlarga qo‘l keladigan tavsiyalarni havola qilamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Ulama kiprikning alohida-alohida yopishtiriladiganidan foydalaning

Bunday ulama kiprik tabiiydek ko‘rinadi. Uning afzalligi ortiqcha pul sarflanmasligi va tez samara berishida. Yopishtirilganidan keyin kichkina ko‘zlar katta, nigohlar esa yorqin ko‘rinadi. Uzoq vaqt turmasligi esa unga xos kamchiliklardan biri sanaladi.

Uzoq vaqt turadigan kiprik ulatish

Bu muolajani amalga oshirish uchun mutaxassis yuqori malakaga ega bo‘lishi kerak. Chunki kiprik tolalari bir tekisda bo‘lishi kerak. Afzalligi — kiprigi qalin va uzun bo‘lmaganlar uchun ayni muddao hisoblanadi, qolaversa, makiyaj qilish uchun ham ortiqcha vaqt sarflanmaydi. Uzunligi, qayrilishi va qalinligini doimiy ravishda modellashtirsa bo‘ladi. Uzunlik va shakl to‘g‘ri tanlansa, hech kim kipriklar sun’iyligini payqamaydi.

Kamchiliklari va ehtimoliy oqibatlari esa quyidagilardan iborat:

  • allergiya;
  • ko‘zlarning qizarishi;
  • qichishish.
Uzoq vaqt davomida ulama kiprik bilan yurganda ko‘zlarga qo‘l bilan teginmaslik hamda yostiqqa yuz qo‘yib uxlamaslik kerak.

Ulamadan keyin kipriklarni qanday tiklash mumkin?

Ularning tiklanish vaqti shikastlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi va 4 haftadan 2—3 oygacha vaqt ketishi mumkin. Kanakunjut yog‘i kipriklarni tiklash xususiyatiga ega bo‘lgan eng yaxshi vosita sanaladi. Kipriklarni oziqlantiradi va namlantiradigan mazkur yog‘ni bir oy davomida har kuni surtish tavsiya qilinadi. Kanakunjut yog‘idan tashqari, bodom, shaftoli va zaytun yog‘idan foydalansangiz ham bo‘ladi. Agar ular aralashtirilsa, yanada yaxshi samara beradi. Bunday vosita nafaqat kipriklarni namlantiradi, balki oziqlantiradi ham.

Kipriklarni laminatsiyalash

Ushbu muolajada kipriklar shikastlanmaydi, tarkibning tabiiy ekani hisobiga tolalar mustahkamlanadi. Kipriklar tabiiy ko‘rinadi va qo‘shimcha parvarish talab qilmaydi. Yo‘lga otlanganlar, hovuzda cho‘miladiganlar uchun ushbu muolaja ayni muddao.

Ushbu muolaja quyidagilarga tavsiya qilinmaydi:

  • homiladorlar va endi farzandli bo‘lganlarga;
  • tarkibidagi komponentlarga allergiyasi bo‘lganlarga;
  • ko‘z kasalligidan aziyat chekadigan bemorlarga.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.