Salomatlik Goʼzallik Tonal krem surtishda yo‘l qo‘yiladigan 4 xato

Tonal krem surtishda yo‘l qo‘yiladigan 4 xato

O'qildi: 357


Tonal krem surtishda yo‘l qo‘yiladigan 4 xato

Yuz mukammal ko‘rinishi uchun shunchaki tonal kremdan foydalanishning o‘zi yetmaydi. Ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik, natijaning ko‘ngildagidek chiqmasligiga olib kelishi mumkin. Harper’s Bazaar nashri tonal krem surtishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 4 xato haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: Getty Images

Noto‘g‘ri rangni tanlash

Tonal krem ishlatishdagi birinchi va eng asosiy xato noto‘g‘ri rangni tanlash hisoblanadi. Terining turli qismlaridagi rang farqli bo‘lishi mumkinligi sababli tanlov vaqtida uni bilakka surtib ko‘rish tavsiya qilinmaydi. Tonal kremni yanoqlarga surtib ko‘rish kerak. Rangi bo‘yin va yelkangizdagi teri rangidan ajralib qolmasligi kerak. Shuningdek, havoda tonal krem biroz oksidlanishi va rangini o‘zgartirishi mumkinligini esda tuting. Shu sabab ham tabiiy yoritilgan joyda tanlov qilishga harakat qiling.

Terini tonal krem surtishga tayyorlamaslik

Hatto eng yaxshi sifatli tonal krem ham yaxshi namlanmagan yuzda ko‘ngildagidek turmaydi. Aksincha, ajin va muammolar yaqqol ko‘zga tashlanib qoladi. Shu sabab ham tonal krem surtishdan avval yuzni tozalash va krem bilan namlantirishni unutmaslik kerak. Shu bilan birga yopishib qolishi mumkinligi sabab ham asos sifatida gelli vositadan foydalanish ham tavsiya qilinmaydi.

Cho‘tkalarga yetarlicha e’tibor bermaslik

Albatta, tonal kremni qo‘lda surtsa ham bo‘ladi, ammo vizajistlar bu borada sintetik tolali maxsus cho‘tkalardan foydalanishni tavsiya qiladi. Ularni to‘g‘ri ishlatish bilan birga vaqti-vaqtida tozalab turishni ham bilish kerak. Gap shundaki, unga yopishib qolgan bakteriyalar yuzdagi muammolarning yanada ortishiga olib kelishi mumkin. Ularni har safar ishlatgandan keyin yaxshilab yuvib, quritishni esdan chiqarmang.

Haddan ortiq ko‘p tonal kremdan foydalanish

Yuz mukammal ko‘rinishi uchun urinish teskari natija bilan yakun topishi mumkin. Tonal kremning haddan ortiq darajadagi ko‘p miqdori hech qachon tabiiy ko‘rinishga olib kelmaydi. Aksincha, niqob taqib olgandek yoki soxta ko‘rinishga ega bo‘lib qolasiz. Uning oz miqdorini, yengil harakatlar bilan markazdan atrofga tarqatish, yaqqol muammolarni esa konsilyer bilan berkitish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.