Salomatlik Bolalar Bolalar uchun urf bo‘lgan va chiroyli kiyim-kechaklar: asosiy g‘oyalar (foto)

Bolalar uchun urf bo‘lgan va chiroyli kiyim-kechaklar: asosiy g‘oyalar (foto)

O'qildi: 475


Bolalar uchun urf bo‘lgan va chiroyli kiyim-kechaklar: asosiy g‘oyalar (foto)

Har bir ota-ona farzandini so‘nggi urf bo‘yicha va chiroyli kiyintirishni xohlaydi. Qizlarga faqat pushti rangli kiyimlarni kiygizishadi yoki kattalar kiyimlarining nusxalarini sotib olishadi. Bunday holatlar yuz bermasligi uchun biz sizga bolalar modasining aktual g‘oyalari haqida tushunib olishni taklif qilamiz.

Foto: Getty Images

Agar ranglar uyg‘unligi to‘g‘risida gapirsak, u holda u turli-tuman bo‘lishi mumkin. Shuni esingizda tutingki, eng kichkinalarni iloji boricha pastel va iliq ranglarda kiyintirish kerak, kattaroq bolalar esa o‘zlariga yoqqanini o‘zlari tanlay oladi. Bolani sizga yoqqan rangda kiyinishga majbur qilmang, chunki u bu rangda o‘zini noqulay his qilishi mumkin.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bolalarda teri qichishishi va allergik ta’sirlar bo‘lmasligi uchun gazlamalarning faqat tabiiysini tanlang. Yozda paxta, zig‘ir va ipak, kuzda esa bolalar uchun kashemir, chiyduxoba va jinsi gazlamalardan tikilgan kiyimlarni tanlang. Va albatta, trikotaj – u har bir brend kolleksiyasida qatnashadi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Yoz va kuz fasllarida turli xil printlar juda ommabop bo‘lib ketadi. Farzandingizning o‘zi unga yoqqanini va qulay bo‘lganini tanlasin. Yozgi va kuzgi mavsumlarda bolalar modasi kattalarnikiga o‘xshab ketadi, demak katakli, chiziqli va rombli kiyimlar aktual bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

O‘g‘il bolalar uchun kostyumlar, ko‘ylaklar, jinsi shimlar va jinsi kurtkalarni tanlashingiz mumkin. Qizlar uchun esa ko‘proq “zodagonlarga xos” kiyimlar variantlari: ko‘ylaklar va yubkalarni tanlashingiz mumkin. Sovuq ob-havo uchun to‘qilgan buyumlar va kardiganlar juda mos tushadi.

Manba: “Deti.mail.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.