Pigmentli dog‘lar: nima sababdan paydo bo‘ladi va ularni bartaraf etish mumkinmi?
Pigmentli dog‘larning deyarli zarari yo‘q, noqulaylik tug‘dirmaydi, shunchaki tashqi ko‘rinishga biroz ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ularni kosmetik vositalar yordamida yashirish imkoni mavjud emas. Quyida bu kabi dog‘lardan butunlay xalos bo‘lish yoki ularning oldini olish borasidagi savollarga Remedy Lab klinikasi bosh shifokor o‘rinbosari va dermatovenerologi Yelena Klyuzko javob beradi.
Foto: “Domashniy ochag”Pigmentli dog‘lar dastlab sezilmasligi mumkin. Chunki ular rangsiz bo‘ladi. Ammo vaqt o‘tgan sari qorayadi va kattalashadi.
Nima uchun pigmentli dog‘lar paydo bo‘ladi?
Buning asosiy sababi terining ultrabinafsha nurlaridan haddan tashqari ta’sirlanishidir, bu pigmentatsiyani qo‘zg‘atadi va terini himoya qilish uchun melanin ishlab chiqarishni boshlaydi. SPF’ni qo‘llashni unutish tufayli terini xavf ostida qoldirish mumkin. Pigmentatsiya ko‘pincha homiladorlik paytida, yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar, kasalliklar va patologik holatlarda paydo bo‘ladi. Shuningdek, pigmentli dog‘lar agressiv kosmetik muolajalardan keyin paydo bo‘lishi mumkin.
Kimlar xavf ostida bo‘lishi mumkin?
Xavf ostida homilador ayollar va mikroelement va vitaminlar, ayniqsa, temir, ferritin va B vitaminlari yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar bo‘lishi mumkin. Bu shunday murakkab jarayonki, nafas olish yo‘llari kasalliklaridan tortib irsiyatga qadar pigment ko‘rinishida ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, uxlash sifati ham pigment ko‘rinishiga ta’sir o‘tkazadi. Masalan, uxlash vaqtida chiqarilgan kortizol metabolizmning buzilishiga olib keladi.
Va, albatta, gormonal fonni kuzatib borish ham muhimdir. Masalan, homiladorlik paytida, og‘iz kontratseptivlarini qabul qilishda va ayrim ginekologik kasalliklar bilan ko‘payadigan stress gormoni, qalqonsimon bez gormonlari, estrogenlarni tekshirib turish zarur.
Yuzda pigment dog‘lari paydo bo‘lsa, nima qilish kerak?
Bunday vaziyatda qancha kech kosmetolog huzuriga borilsa, uni bartaraf etish ham shuncha qiyin bo‘ladi. Pigmentatsiya sababini aniqlash va davolash rejasini tanlash uchun shifokor laboratoriya tekshiruvlarini tayinlaydi.
Pigmentli dog‘larni qanday qilib bartaraf etish mumkin?
Salonda
Avvalo, pigmentatsiyaning turi va chuqurligini aniqlanadi, pigmentatsiyaning kelib chiqish sabablari o‘rganiladi. Bu yetishmovchilik holatlari, yallig‘lanish jarayonlari, gormonal kasalliklarni davolashni nazarda tutadi. Ehtimol, boshqa mutaxassislarga — endokrinolog, gastroenterolog, ginekolog, stomatologga tashrif buyurishga to‘g‘ri kelishi ham mumkin. Tabletkalar, oqartirish va teri ko‘chishi ta’siriga ega tashqi vositalar buyuriladi va shundan keyingina pigmentni bosqichma-bosqich olib tashlash mumkin
Uy sharoitida
Birinchi pigmentli dog‘lar paydo bo‘lishi bilan kosmetik sumkada antioksidantli kosmetika mahsulotlari paydo bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, C, E, A vitaminlari, niatsinamid, koenzim Q10, glutation, alfa-lipik kislota, o‘simlik ekstraktlari, uzum urug‘i ekstraktlari, ko‘k choy ham ichish kerak.
Pigmentli dog‘larni butunlay olib tashlash mumkinmi?
Ha, lekin har qanday natijaga tayyor bo‘lish va uyda parvarish qilish uchun katta mas’uliyatni zimmaga olish zarur.
Manba