Hech narsa sotib olmay, go‘zal bo‘ling: kosmetikadan pul tejashga yordam beradigan tavsiyalar
Ko‘rinish o‘ziga xos bo‘lishi uchun ortiqcha pul sarflashga hojat yo‘q. “Domashniy ochag” nashri tomonidan taqdim qilingan tavsiyalarga amal qilish orqali ham ko‘ngildagidek maqsadga erishsa bo‘ladi.
Foto: “Domashniy ochag”Soch tolalari uchun kokos yog‘i
Shikastlangan soch tolalarini tiklashga yordam beradigan kosmetik vosita yo‘q bo‘lsa, kokos yog‘idan foydalanish tavsiya qilinadi. Tarkibida foydali moddalar mujassam ekani hisobiga teri va soch tolalariga yaxshi ta’sir qildi.
Purkagichli suv kosmetik vosita sifatida
Jazirama issiqda termal suv o‘rniga oddiy purkagichdan foydalansangiz bo‘ladi. Buning uchun idish ichidagi suvga dengiz tuzi qo‘shsangiz kifoya. Bu teridagi muammolarni bartaraf qilishga yordam berishi mumkin.
Namlantirilgan salfetka sochlarning toklanishini bartaraf qilishga yordam beradi
Uzun sochlarni toklanishining oldini olish uchun namlantirilgan salfetkadan foydalansangiz ham bo‘ladi.
Yogurtdan yuzga krem va niqob sifatida foydalanish mumkin
Quyosh nurlari kuydirganda maxsus vosita o‘rniga qatiq, yogurt yoki smetanadan foydalansangiz bo‘ladi.
Undan tayyorlangan niqob bilan sochlar holatini tiklash, shikastlanishlarni bartaraf qilish mumkin.
Olma sirkasidan tonik sifatida foydalansangiz bo‘ladi
Olma sirkasi teri yaltirashining oldini olishga yordam beradi. Buning uchun olmali sirkadan paxta diskiga tomizib, yuzning T-qismiga surtishning o‘zi kifoya.
Zaytun yog‘idan makiyajni tozalovchi vosita sifatida foydalansa bo‘ladi
Makiyajni suv va zaytun yog‘i yordamida o‘chirish terining baxmaldek tiniq ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.
Paketli choy ko‘z ostidagi halqalarni yo‘qotishga yordam beradi
Choy barglari tarkibidagi kofein ko‘z ostida aks etgan charchoqlarni ketkazishga yordam beradi. Buning uchun choy paketchalarini sovuq suvda namlab, 5-10 daqiqa ko‘z ostiga qo‘yish kerak.
Skotch podvodkani tekis surtishga yordam beradi
Podvodkani tekis qilib surtishga qiynaladiganlar skotchdan foydalansa bo‘ladi.
Ichimlik sodasi tishlarni tozalashga yordam beradi
Tish pastasini ichimlik sodasiga aralashtiring. Bunday aralashma choy va qahvadan qolgan dog‘larni ketkazishga yordam beradi.
Suli yormasidan vanna
Tarkibida terini namlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan yog‘lar bo‘lgani sabab suli yormasidan tayyorlangan vanna foydali hisoblanadi. Buning uchun suv to‘ldirish va unga 200-300 gramm suli yormasi qo‘shish kifoya.
Jigarrang shakardan teri uchun skrab tayyorlang
Jigarrang shakar — teri uchun ideal skrab. U teri hujayralarining yangilanishiga yordam beradi. Buning uchun foydalanadigan dush geliga shakar aralashtiring va teriga massaj harakatlari bilan surting.
Atir uzoq turishi uchun vazelindan foydalaning
Atir sepishdan oldin bo‘yin yoki bilak sohasiga vazelin surting. Yog‘langan teriga sepilgan atir ifori uzoq vaqt turadi.
Tish cho‘tkasi va pastasi yordamida tirnoqdagi sarg‘ayishni ketkazing
Tish cho‘tkasi va oqartiradigan pastadan foydalanib tirnoqning sarg‘ayishini ketkazish mumkin. Gap shundaki, pasta tarkibidagi vodorod perioksidi tirnoqdagi dog‘larni ketkazish xususiyatiga ega.
Tish yuvish pastasidan kumush buyumlarni yuvishda foydalaning
Tish yuvish pastasidan, shuningdek, kumush buyumlarni tozalashda ham foydalansa bo‘ladi. Qoraygan kumush uzukni ushbu vosita bilan yuvgandan keyin ijobiy natija darhol ko‘zga tashlanadi.
Qahva va o‘simlik yog‘idan skrab
Qahvaga bir necha tomchi o‘simlik yog‘i tomizib, tanangizga surting. Qahva tarkibidagi kofein selyullitga qarshi kurashishda samara beradi, yog‘ esa terini namlantiradi.
Manba