Erta ajin tushishi, teri qurishi va yuz tozalovchi salfetka keltirib chiqaradigan boshqa salbiy oqibatlar
Odatda makiyajni tozalash uchun salfetkalardan tez-tez foydalaniladi. Ular haqiqatan ham foydalimi?
Foto: “Domashniy ochag”Salfetkalar makiyajni tozalamaydi
Makiyajni tozalash uchun foydalanadigan salfetkalar faqat bo‘yoq va kirlarni teriga chuqurroq singdiradi. Vizual ravishda kosmetika yuvilgandek tuyulishi mumkin, lekin aslida buning aksi bo‘ladi. Yuzda, albatta, makiyaj qoldiqlari qoladi. Ular teri qurishi, yog‘lanishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Agar ulardan foydalanishda davom etilsa, albatta, yuzni suv bilan yuvib tashlash tavsiya etiladi va keyin qo‘shimcha tozalash uchun gel, ko‘pik yoki kremdan foydalanish kerak.
Salfetkalar yallig‘lanish xususiyatini keltirib chiqaradi
Ko‘pchilik yuz terisini faqat salfetka bilan tozalaydi, oddiy suv bilan yuvishni unutadi, natijada terida faol moddalar qoladi. Ammo kosmetik vositalar tarkibida yuqori konsentratsiyali konservantlar, turli xil moddalar mavjud. Shuningdek, ko‘pincha terini qurishiga sabab bo‘ladigan tarkibga spirt qo‘shiladi.
Keraksiz eksfoliatsiya
Agar teri nozik bo‘lsa, albatta, salfetka yordamida ishqalanadi. Demak, terini tozalash uchun ozgina bo‘lsa-da, baribir kuch sarflanadi. Shuning uchun salfetkalar bilan tozalashdan keyin yuzda qizil dog‘lar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ularning hammasi ham yoqimli va yumshoq materialdan tayyorlanmaydi, ular ham eksfoliator sifatida harakat qilishi mumkin, bu nozik teriga salbiy ta’sir o‘tkazadi.
Ular bilan teri osiladi
Makiyajni tozalaydigan salfetkalar yuzni tezda tozalagani uchun yaxshi ko‘rib foydalaniladi. Ammo ba’zilar uni shunchaki yuzga ishqalaydi va natijada teri cho‘ziladi. Bunday kundalik tartib bilan teri vaqt o‘tishi bilan elastikligini yo‘qota boshlaydi, natijada ajinlar paydo bo‘lishi mumkin.
Chaqaloqlar uchun tozalovchi salfetkalar
Bu kabi salfetkalardan ham makiyajni tozalashda foydalanishadi, chunki ularning qadog‘i katta va boshqalarga qaraganda ancha arzon. Ular biroz yumshoqroq bo‘lsa-da, lekin terini yetarlicha tozalamaydi. Vaqt o‘tishi bilan terining yuzasi yomonlashadi: toshma, qora nuqta va terining ko‘rinishi bilan bog‘liq boshqa muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
Ekologik jihatdan qulay emas
Bir marta ishlatiladigan salfetkalar juda uzoq vaqt davomida parchalanadi, mikroplastiklarga bo‘linadi, ular har qanday tirik organizmlarga kirib boradi. Ko‘pgina hayvonlar plastik va salfetkalarni iste’mol qilish orqali qirilib ketmoqda. Salfetkalar chiqindi maydonlariga yetib borgach, tuproqni zaharlaydi.
“Dengizni muhofaza qilish jamiyati hisob-kitoblariga ko‘ra, Buyuk Britaniyadagi plyajning har 100 metriga, taxminan, 27 salfetka to‘g‘ri keladi”, – deb yozadi Recyclemag nashri. Amerikaning Nice-Pak kompaniyasi yiliga 125 milliarddan ortiq nam salfetka ishlab chiqaradi va bu faqat bitta kompaniyaga tegishli, bu kabi kompaniyalardan dunyo bo‘ylab bir nechtasi mavjud. Shuning uchun makiyajni tozalash uchun balzam foydasiga salfetkadan voz kechish tavsiya qilinadi.
Manba