Salomatlik Goʼzallik Singan pudra va qurib qolgan tushni uy sharoitida qanday qilib o‘z holiga keltirish mumkin?

Singan pudra va qurib qolgan tushni uy sharoitida qanday qilib o‘z holiga keltirish mumkin?

O'qildi: 309


Singan pudra va qurib qolgan tushni uy sharoitida qanday qilib o‘z holiga keltirish mumkin?

Uzoq xizmat qilishi uchun qurib qolgan kosmetik vositalarni nima qilish kerakligi haqida Harper’s Bazaar nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Qurib qolgan yoki singan bronzer yoki pudraning ustidan pilka yoki shunga o‘xshash boshqa narsa bilan kukun holiga keltirib olgach, ustidan bir-ikki tomchi spirt quying. Shundan keyin barmog‘ingiz bilan tekislab chiqing. Uncha jiddiy bo‘lmagan hollarda spirtli salfetkadan foydalansangiz ham bo‘ladi. Uni kosmetik ustiga qo‘yib ustidan tekislab chiqilsa bo‘lgani. Spirt bo‘lmagan taqdirda makiyaj uchun mo‘ljallangan fiksatordan foydalansangiz ham bo‘ladi.

Qotib qolgan tushni ham o‘z holiga keltirish uchun. Tarkibida parafin bo‘ladigan bo‘lsa, tush idishini qaynoq suvli idishga solish kifoya qilinadi. Issiq ta’sirida tush foydalanish uchun yaroqli ahvolga keladi. Asosiysi ichiga suv kirmasligi uchun qopqog‘ini yaxshilab yuvishni unutmang. Podvodka yoki tush quyilib qolganda, shuningdek, linza uchun mo‘ljallangan suyuqlik va ko‘z tomchisida ham foydalansa bo‘ladi. Ammo bundan avval tarkibi bilan yaxshilab tanishishni esdan chiqarmaslik kerak. Samarasiz bo‘lib qolmasligi uchun ortiqcha qo‘shib yubormaslikka ham e’tibor berish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.