Makiyajni tozalashda eng ko‘p uchraydigan 8 ta xato
Nyu-Yorkning uch dermatologi Jyuli Karen, Francheska Fusko va Debra Lufman Cosmopolitan nashri uchun makiyajni tozalashda eng ko‘p uchraydigan 8 ta xato ro‘yxatini tuzdi.
Foto: CosmopolitanMakiyajni paxta yostig‘i bilan tozalash
“Men bu uzoq muddatli odat ekanligini tushunaman, lekin ayollarga takrorlashdan hech qachon charchamayman: ko‘z atrofidagi kichik ajinlar, ko‘z qovoqlari terisining xiralashishi — bu ishqalanish tufayli. Aslida, bu qanday amalga oshiriladi? Paxtani butunlay namlash kerak, u 5-7 soniya davomida yopiq ko‘zga qo‘llanadi. Keyin yengil harakat bilan yuzdan tonal kremi yoki upa olib tashlanadi. So‘ngra yuviladi. Erigan tush va tenlarni osongina tozalash mumkin, natijada ko‘z qovoqlarining terisi xavf ostida qolmaydi”, — deydi doktor Karen.
Qovoq tozalaydigan vositadan foydalanmaslik
Ko‘p qizlar qovoqlari uchun alohida tozalash vositasidan foydalanmaydi, balki yuz terisi uchun mo‘ljallangan makiyaj tozalash mahsulotini qo‘llaydi, — deb shikoyat qiladi doktor Fusko. — Chunki, terining qovoq terisi yuznikiga qaraganda bir necha marta yupqaroq va sezgir, unga alohida g‘amxo‘rlik kerak!Tenlar, hatto eng yuqori sifatli bo‘lsa ham, uni quritadi va yuzni tozalash vositalarida qovoqlarning terisini yanada suvsizlantiradigan ingredientlar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tavsiya qilamanki, agar ikkita mahsulotni ishlatish juda qiyin bo‘lsa, aksincha emas, balki yuzning butun terisiga qovoqlar tozalash vositasini qo‘llagan ma’qul”.
Paxta yostiqchasini chapdan o‘ngga va orqaga ishqalash orqali tushni tozalash
“Kirpiklarni oldinga va orqaga ishqalash. Ko‘pchilik tushni mana shunday tarzda tozalaydi, — deydi doktor Lufman. — Shuning uchun kirpiklar sinadi va to‘kiladi. To‘g‘ri usul faqat ildizdan uchlariga qarab tozalashdir”.
Makiyajni tozalagandan keyin yuzni yuvmaslik
“Eng sifatli kosmetik vositalar ham tozalangach, teri yuzasida qoldiq qoldiradi. Shuning uchun uni chayish kerak, — deb tavsiya qiladi doktor Lufman. — Chunki u namlantiruvchi yoki boshqa kremlarning so‘rilishiga va o‘z vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, yuzni oddiy suv bilan emas, balki makiyajdan keyin tozalovchi maxsus vosita yordamida yuvish kerak”.
Bitta paxta yostiqchsidan foydalanish
“Ko‘pincha tejamkorlik yoki dangasalik tufayli qizlar ikkita paxta yostiqchasini olib, har bir ko‘zga bittadan ishlatadi, teriga yaroqsiz tomonini qayta suradi, — deydi doktor Fusko. — Shuning uchun teri faqat azoblanadi va tozalash jarayonining yarmigina samarali bo‘ladi. Aksincha, makiyajni tozalash uchun 4-5 dona paxta yostiqchasini qo‘llash yuz terisida keyinchalik muammo paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi”.
Makiyajni to‘liq tozalamaslik
“Aksariyat ayollar teriga zarar yetkazishdan qo‘rqib, vositani 1-2 marta qo‘llaydi, shundan so‘ng ular buni yetarli deb hisoblashadi, — deb tushuntiradi doktor Karen. — Aslida, har doim ham emas: Qachonki paxta yostiqchasida tush yoki ten izlari bo‘lmasa, jarayon tugallangan deb hisoblashni maslahat beraman”.
Qoshlarni tozalamaslik
“Odatda qoshlar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar mum asosida ishlab chiqariladi, — deb tushuntiradi doktor Fusko, — agar ular to‘liq olib tashlanmasa, tuklarning ildizlari bo‘g‘ilib qoladi, qoshlarning o‘zi esa to‘kilishni boshlaydi. Ko‘zlarni tozalaganda, qoshlaringizni ham unutmang!”
Pastki qovoqqa piling yoki skrab qo‘llash
“Ko‘pincha qizlar shu tarzda terini yangilash va ajinlar paydo bo‘lishining oldini olish mumkin deb o‘ylaydi, ammo aslida buning aksi haqiqatdir, — deydi doktor Karen. — Ko‘z qovoqlarining terisi shunchalik nozikki, har qanday mexanik yoki kimyoviy ta’sir unga putur yetkazadi. Shuni yodda tutish kerakki, ko‘z qovoqlarining terisi faqat namlanishi va tozalanishi mumkin”.
Manba