Uxlashdan avval yuzdagi makiyajni tozalash shartligining 8 sababi
Tunda makiyajni tozalashda ko‘pchilik dangasalikka yo‘l qo‘yadi. Lekin buni unutmaslik uchun kamida 8 ta yaxshi sabab bor. Quyida ularni e’tiboringizga havola etamiz.
Foto: PinterestQarishni sekinlashtiradi
Agar juda charchagan bo‘lsangiz ham, yuzni yuvish uchun 5 daqiqa vaqt topish kerak. Teri hujayralarining tunda yangilanishi isbotlangan. Agar uni tozalash unutilsa, u tezroq qariydi. Keyinchalik elastiklikning pasayishi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini olish mumkin emas.
Terining oziqlanishiga yordam beradi
Kechasi teri tiklanadi. Bunga yuz terisidagi makiyaj va kirlarni olib tashlash hamda antioksidant namlovchi vositalarni qo‘llash orqali yordam berish mumkin. Tozalangan, namlangan teri bilan uyquga yotish eng yaxshi qaror. Yuqori sifatli kosmetikani tanlash terining salomatligi uchun juda muhimdir.
Allergiyaning oldini oladi
Ko‘rinadigan alomatlar hech qachon sezilmasa ham, teri allergik reaksiyalarga moyil bo‘lishi mumkin. Bir kechaga qoldirilgan kosmetik vosita yuzda ekzema va boshqa jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Simptomlar darhol paydo bo‘lmaydi, lekin vaqt o‘tishi bilan qizarish, achishish hissi va hatto og‘riq ham kuzatilishi mumkin.
Pigmentatsiya paydo bo‘lishining oldini oladi
Ko‘pchilik ayollarning terisida hatto tonal kremi ham yashira olmaydigan qora dog‘larni ko‘rish mumkin. Ularning tashqi ko‘rinishi har doim ham kuchli stress yoki yoshga bog‘liq o‘zgarishlar bilan aloqador emas. Buning sababi surunkali allergik reaksiya bo‘lishi mumkin. Agar yotishdan oldin teri yaxshilab tozalanmasa, pigmentatsiya paydo bo‘la boshladi.
Lablar qurishidan saqlaydi
Agar kechgacha labda umuman lab bo‘yog‘i qolmaydi, degan fikr bo‘lsa, bu noto‘g‘ri. Ko‘z bilan ko‘rinmasa ham, qisman qolgan bo‘yoq labning nozik terisini suvsizlantirishda davom etadi.
Ko‘z ostida qora dog‘lar paydo bo‘lishining oldini oladi
Makiyaj bilan uxlash yuqori darajadagi ehtimollik bilan, ko‘z atofi hududida dog‘larni paydo qiladi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘z ostidagi qora shishlarni bartaraf etish uzoq vaqt talab etmaydi. Buning uchun yuz terisi va ko‘z atrofini makiyaj va turli bo‘yoqlardan tozalagan holda uxlash lozim.
Kipriklar to‘kilishidan himoya qiladi
Hech qachon kipriklarda qolgan tush bilan uyquga ketmaslik kerak. Uxlayotgan vaqtda u quriydi, kirpiklarning sinishi va to‘kilishiga, shuningdek, ko‘z konturining qizarishi va yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Ko‘z qovoqlarining shishishi bilan uyg‘onmaslk uchun suv o‘tkazmaydigan tushdan foydalanish kerak, chunki uni tozalash osonroq.
Husnbuzar paydo bo‘lishining oldini oladi
Husnbuzarlar faqat o‘smirlik muammosi emas. U har qanday yoshda paydo bo‘lishi mumkin. To‘lib qolgan teshiklar ko‘pincha ularning ko‘payishiga olib keladi. Agar teri muammoli bo‘lsa, yog‘siz, komedogen bo‘lmagan kosmetik vositalardan foydalanish va uni mitselyar suv bilan tozalash tavsiya etiladi.
Manba