Salomatlik Goʼzallik Yuz terisining mukammal ko‘rinishiga yordam beradigan 6 ta mahsulot

Yuz terisining mukammal ko‘rinishiga yordam beradigan 6 ta mahsulot

O'qildi: 360


Yuz terisining mukammal ko‘rinishiga yordam beradigan 6 ta mahsulot

Ma’lumki, shirinlik va fastfudlar teri holatini sezilarli darajada yomonlashtirishi mumkin. Biroq terining sifatiga faqat ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bir qator mahsulotlar ham mavjud. Yallig‘lanishdan xalos bo‘lish va yuz terisini yaxshilashni istaydiganlar uchun kosmetologlar kundalik ratsionga qo‘shishni tavsiya qilgan mahsulotlar bilan Marie Claire nashri tanishtiradi.

Foto: Marie Claire

Zaytun va zaytun moyi

Foto: Marie Claire

Zaytun va zaytun moyi muntazam ravishda iste’mol qilinsa, ichakdagi zararli bakteriyalar soni kamayadi. Bu o‘z navbatida, terining tozalanishiga olib keladi.

Yog‘li baliq

Foto: Marie Claire

Yog‘li baliq ortiqcha yog‘li teri bilan kurashishga yordam beradi. Bu maxsus tarkibiy qism haqida: “EPK omega-3 ning bir turi bo‘lib, stress uchun javob beradigan gormonlarni tartibga soladi. Ya’ni stress ko‘pincha yog‘ ishlab chiqarishga olib keladi”, — deydi Byoma terini parvarish qilish brendi mutaxassislari

Yong‘oq va urug‘lar

Foto: Marie Claire

Turli xil yong‘oq va urug‘lar sog‘lom yog‘larning eng yaxshi manbalaridan biridir. Urug‘lar terining namligini oshiradi, bu ko‘plab terini parvarish qilish mahsulotlarining foydali komponentlari bo‘lgan keramid va lipidlarni saqlashga yordam beradi. Quruq teri uchun bodom eng yaxshi tanlovdir. U magniy va E vitaminiga boy bo‘lib, terini ichki tomondan namlaydi.

Yangi meva va sabzavotlar

Foto: Marie Claire

Ba’zi meva va sabzavotlar terini namlovchi, yoshartiruvchi va yallig‘lanish bilan kurashishga yordam beradigan ingredientlarni o‘z ichiga oladi. Eng foydali mevalar orasida guava, kivi va bulg‘or qalampiri bor.

Qora shokolad

Foto: Marie Claire

Bu g‘alati tuyulishi mumkin, ammo qora achchiq shokolad aslida terining holatini yaxshilaydi. Ehtimol, bu shunday xususiyatga ega bo‘lgan yagona shirinlikdir. Gap shundaki, kakao antioksidantlarga boy bo‘lib, ular nafaqat yallig‘lanishga qarshi kurashadi, balki ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi.

Ko‘k choy

Foto: Marie Claire

Ko‘k choy yog‘ ishlab chiqarishni ko‘paytiruvchi gormon — androgenlarni cheklaydi. Bundan tashqari, bu ichimlik o‘layotgan teri hujayralarini tiklaydi, ya’ni ko‘k choy quruq, xiralashgan yoki qarigan teriga ega odamlar uchun ham tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.