Istalgan dorixonadan topiladigan moychechakning yuz terisi uchun foydali xususiyatlari
Moychechak dorivor o‘simlik sifatida keng tarqalgan va uning choyi ko‘pincha stressni yengillashtirish, asablarni tinchlantirish va uyqu muammolarini hal qilish uchun ishlatiladi. Teri uchun moychechak gullarining qaynatmasi xuddi shunday tinchlantiruvchi ta’sirga ega, uni namlaydi va kamchiliklarga qarshi kurashishga yordam beradi. Nima uchun moychechakni biror dorixonadan imkon qadar tezroq sotib olish kerakligini quyida ma’lum qilamiz.
Foto: PinterestMoychechak o‘zining ko‘p xususiyatlari bilan foydali: u barcha turdagi terilar uchun mos keladi. Moychechak quruq va ta’sirchan terini muloyimlik bilan namlaydi, holatini yaxshilaydi. Teri ko‘chishi va yallig‘lanishga qarshi kurashishga yordam beradi. Agar teri yog‘li va muammolarga moyil bo‘lsa, moychechak tarkibidagi antibakterial komponentlar yallig‘lanishni kamaytirishga ko‘maklashadi va terida yog‘ ishlab chiqarishni me’yorga keltiradi.
Kumarin – gullar tarkibidagi o‘simlik moddasi bo‘lib, shikastlangan teri hujayralarining yangilanishini qo‘zg‘atadi, husnbuzardan keyingi va boshqa dog‘larga qarshi samarali kurashishga yordam beradi. Kuchli antioksidant karotin terining tuzilishini yaxshilaydi, uni erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.
Teri uchun moychechakni qanday qo‘llash kerak?
Quritilgan moychechak gullarini dorixonadan sotib olish mumkin: ular choy tarzida ichilishi uchun filtr paketlarda sotiladi. Moychechakni paketda ko‘rsatilgan nisbatda qaynatib olinadi, 30-40 daqiqaga qoldiriladi, so‘ngra suziladi va xona haroratida sovitiladi.
Tayyor damlamadan yuz va bo‘yin uchun tonik sifatida foydalanish mumkin: kuniga ikki marta teriga surtiladi ( tozalagandan keyin), shundan so‘ng oziqlantiruvchi kremni qo‘llash mumkin. Yana bir variant – bu damlamani muzlatib, ertalab yuz artib olinadi. Moychechakli muz bo‘laklari shishni kamaytirishga yordam beradi va yuzga sog‘lom porloqlik beradi.
Manba