Bahor mavsumi uchun eng zamonaviy soch turmaklari (foto)
Bahorning boshlanishi, ayniqsa, go‘zallik sohasida yangilanish va o‘zgarishlarga yordam beradi. Ko‘rinishni minimal kuch bilan yangilaydigan yangi soch turmagidan boshlash eng oson. Quyida barchaga manzur keluvchi bir-biridan ajoyib soch turmaklarini e’tiboringizga havola etamiz.
Foto: Marie ClaireUshbu soch tumagi hamisha urfda. Ko‘rinishidan biroz betartibdek tuyilsa-da, aslida obrazni mukammal to‘ldiradi. Sochlarning katta hajmda jingalak qilish va ularga biroz hajm berish kundalik ish, o‘qish yoki uchrashuvga ham mos keladi.
Foto: Marie ClaireYoshlarbop quvnoq soch turmagi. Sochni ikki chakkadan o‘rib qo‘yish va uchini ham bo‘shligicha qoldirish ko‘proq yosh qizlarga mos keladi. Shuningdek, obrazga biroz yengillik hamda bahoriy kayfiyat bag‘ishlaydi.
Foto: Marie ClaireSochlarning pastka va silliq qilib turmaklash yangi mavsumda trendda. Ushbu ko‘rinish biroz rasmiy bo‘lsa-da, ammo qulay va chiroyli. Ayniqsa, ushbu turmakni kechki uchrashuvlar uchun qo‘llash mumkin.
Foto: Marie ClaireTekis yoki tabiiy jingalak sochlar ham hamisha ayollarning sevimli tanlovi bo‘lgan. Ushbu turmak bilan istalgan joyga istalgan vaqtda tashrif buyurish mumkin. Tabiiylik hech qachon urfdan qolmaydi.
Foto: Marie ClaireBoshning ikki chet qismiga katta va hashamdor bezakli qistirg‘ich taqish ham yoshlar orasida ommalashdi. Odatda bunday soch turmagi klassika va zamonaviylikning kombinatsiyasiga o‘xshaydi.
Foto: Marie ClaireShuningdek, yangi mavsumda o‘z obraziga yanglik kiritishni istaydigan ayollar uchun muammo yo‘q. Masalan, sochni biroz qisqartirib, jingalak qilish yoki tekis soch egalari uchun shunchaki cho‘lka kesish kifoya qiladi.
Manba