Achib qolgan sutdan unumli foydalanishning 9 usuli
Achib qolgan sut ertalabdan qahvasiz va mazali bo‘tqasiz qoldirishi tabiiy. Lekin uni tashlab yuborishga shoshilmaslik kerak. Undan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Avvalo muzlatkichdagi sutning holatini aniqlash kerak. Agar u endigina buzila boshlasa, uni ishlatib yuborish mumkin. Ammo sut yuzasida allaqachon parchalar paydo bo‘lgan yoki uning rangi o‘zgargan bo‘lsa, demak, u yaroqsiz holga kelgan. Pasterizatsiya qilinmagan sutni sotib olganlar uni achib, quyuqlashgunga qadar kutishi mumkin.
Achib qolgan sutdan nimalar tayyorlash mumkin?
Quymoq pishiring
Achigan sut quymoq pishirish uchun ayni muddao. Oladye, quymoq, bulochka — ko‘plab retseptlar mavjud, faqat ma’qul kelganini tanlash kerak.
Sho‘rva tayyorlang
Achigan sut pyure sho‘rva va zapekanka tayyorlash uchun juda yaxshi tanlov. Unga go‘sht qo‘shib, taom quyuqlashgunga qadar aralashtirish kerak.
Go‘shtni marinadlang
Go‘shtni achigan sutda marinadlash orqali uni mazali, suvli hamda yumshoq pishirish mumkin.
Pishloq yoki tvorog tayyorlang
Achigan sutdan uy sharoitida pishloq yoki tvorog tayyorlash mumkin. U idishlarda 90 darajada qizdiriladi, tvorogni zardobdan ajratilishi uchun sirka qo‘shib, muloyimlik bilan aralashtiriladi. So‘ngra tvorog doka yordamida suvdan suzib olinadi. Tuz, ozgina qaymoq qo‘shib aralashtiriladi. Sovitilgan tvorogni bir hafta iste’mol qilish mumkin.
Kosmetika o‘rnida foydalaning
Achigan sut tarkibidagi kislota teriga foydali, uni silliq va tarang qiladi. Sutni suv bilan ozgina suyultirib, yuzga surtiladi. Keyin yuz toza suv bilan yuviladi.
Sutli vanna qabul qiling
Iliq vannada bir yoki ikki stakan achigan sut tanaga sehrli ta’sir ko‘rsatadi. Agar hidi bezovta qilsa, sevimli efir moyining bir necha tomchisi buni yaxshi bartaraf etadi.
O‘simliklar uchun foydali
Achigan sutni ichish mumkin emas, lekin o‘simliklar uchun foydali. Uni suv bilan suyultirib, gul tuvaklariga quyish kerak. Sutdagi kalsiy o‘simliklaring o‘sishiga yordam beradi. Ayniqsa, bu pomidor uchun foydali. Aytgancha, achigan sutning hidi zararkunanda hasharotlarni mukammal tarzda qaytaradi.
Uy hayvonlarini oziqlantiring
Achigan sut uy hayvonlari ovqatiga ajoyib qo‘shimcha hisoblanadi. Oqsil va kalsiyning qo‘shimcha dozasi uchun it yoki mushuk ovqatiga biroz sut quyish mumkin.
Sut achib qolmasligi uchun uni muzlatib qo‘yish kerak
Agar juda ko‘p sut sotib olingan bo‘lsa, uni muzlatkichda saqlash mumkin. Undan foydalanib bo‘lgach, yana muzlatkichda qoldirish kerak.
Manba