Salomatlik Ayollar uchun Keda va krossovkalarni kir yuvish mashinasida qanday yuvish kerak?

Keda va krossovkalarni kir yuvish mashinasida qanday yuvish kerak?

O'qildi: 300


Keda va krossovkalarni kir yuvish mashinasida qanday yuvish kerak?

Oddiy harakatlar algoritmi, bir nechta qoidalarga amal qilgan holda yangi oyoq kiyim sotib olishni tejash mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Bir juft krossovkani kir yuvish mashinasiga tashlashdan oldin nimalarga e’tibor berish kerakligini aniqlab olish kerak.

Keda yoki krossovkalarni yuvish mumkinmi?

Ha, albatta, mumkin, agar:

  • poyabzal yuqori sifatli bo‘lsa;
  • poyabzal shikastlanmagan, bo‘shashgan qismlari, tikishlari eskirgan va teshiklari yo‘q bo‘lishi lozim;
  • yuvish paytida chiqib ketishi mumkin bo‘lgan detallar, charm qo‘shimchalar va boshqa bezaklardan holi bo‘lishi muhim.
Keda yoki krossovkalarni qanday yuvish kerak?
  • Keda va krossovkalarni mashinaga solishdan oldin, tag qismi yaxshilab yuviladi.
  • Agar poyabzalda faqat chang yoki kir emas, balki sezilarli dog‘lar bo‘lsa, avval uni maxsus vosita bilan tozalash kerak. 
  • Shuningdek, bir juft poyabzalni zig‘ir matoli xalta yoki eski yostiq jildiga solish lozim.
Kukun dispenseriga odatdagi miqdorda kukun qo‘shiladi. Agar suyuq kir yuvish vositasi bo‘lsa, uni ishlatish yaxshiroq, lekin oddiy kukun ham samarali. Agar keda va krossovkalar yengil bo‘lsa, yuvish uchun ½ chashka iste’mol sodasi qo‘shish mumkin, bu rangni yanada yorqinroq qiladi va yoqimsiz hidlarni bartaraf etadi.

Suv harorati 40 darajadan oshmasligi uchun yuvish rejimini me’yoriy bo‘lishi kerak. Yuvish paytida poyabzalga zarar bermaslik uchun aylanish tezligi minimal darajaga tushiriladi. Agar eski sochiq(masalan yoki paxta gilamcha bo‘lsa, ularni krossovkalar bilan birga yuvish mumkin, shunda ular mashina yon devorlariga urilmaydi.

Muhimi mashinaga bir vaqtning o‘zida bir nechta juft poyabzal solib bo‘lmaydi.

Yuvgandan keyin keda va krossovkalarni qanday quritish kerak?

Oyoq kiyimlar yuvilgandan so‘ng havo yaxshi aylanadigan joyga qo‘yilishi kerak. Agar poyabzal kam yuvilgan bo‘lsa, unda kulrang chiziqlar yoki kir qolgan bo‘lsa, uni eski tish cho‘tkasi yoki melanin gubka bilan ishqalash mumkin. Albatta, ushbu jarayondan keyin u oppoq va toza bo‘ladi. Oyoq kiyimni quyoshda yoki isitgich ustida quritmaslik kerak. Chunki poyabzal yelimi erishi yoki sarig‘ dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.