Qadoqlardan husnbuzargacha: oddiy dezodorantdan unumli foydalanishning 14 usuli
Bugungu kunda dezodorant yoki antiperspirantdan foydalanmaydigan insonni topish qiyin. Ammo bu kosmetik mahsulotni asosiy vazifasidan tashqari ishlatishning turli xil usullari mavjudligini hamma ham bilmaydi. “Noviy ochag” nashri ushbu vositadan unumli foydalanishning 14 ta usulini taqdim etdi.
Foto: Legion-MediaLab ustidagi terlashga qarshi
Issiq havoda yuqori labda ter tomchilari paydo bo‘ladi, buni upa bilan yashirib bo‘lmaydi va uni ter bilan qoplangan teriga qo‘llash mutlaqo noto‘g‘ri. Shuningdek, umuman gigiyenaga ham mos kelmaydi. Yuqori lab ustidagi sohaga shunchaki oz miqdorda hidsiz antiperspirantni qo‘llash orqali muammoga yechim topish mumkin. Yuz terisi uchun alyuminiy tuzlari bo‘lmagan dezodorantlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Epilatsiya uchun asos
Mumlashdan oldin teriga antiperspirant sepish mumkin. Bu ko‘pchilikda soqol yoki epilyatsiyadan keyin paydo bo‘ladigan tirnash va qizarishdan qochishga yordam beradi.
Qadoqqa qarshi vosita
Antiperspirantlar oyoq kiyimlarni ishqalanishdan himoya qilish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Buning uchun alyuminiy xlorid geksagidratli antiperspirantni tanlash kerak.
Makiyaj fiksatori
Yuzning eng ko‘p yog‘ ishlab chiqaradigan joylariga antiperspirantni yupqa qatlam bilan qo‘llash tavsiya etiladi. Keyin odatdagidek makiyaj qilinadi. Buning uchun tarkibida alyuminiy bo‘lmagan eng tabiiy kompozitsiyalarga ega bo‘lgan namunalardan foydalanish kerak.
Chivinlarga qarshi vosita
Spreylar va surtma ko‘rinishidagi dezodorantlarni chivinga qarshi vosita sifatida qo‘llash mumkin va agar hasharotlar chaqib olsa, ular qichishishni kamaytiradi. Dezodorant tarkibidagi alyuminiy tuzlari og‘riq va shishni bartaraf etishga yordam beradi.
Ko‘zoynak sirg‘alib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi
Yuzning ko‘zoynak bilan aloqa qiladigan joylariga antiperspirant yupqa qatlam qilib qo‘llanadi. Bu uning sirg‘alib ketishining oldini oladi.
Yuzdagi yog‘li yaltirashni kamaytiradi
Haddan tashqari ko‘p yog‘ tufayli teri yaltirashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yuz sohasiga tuzsiz alyuminiy antiperspirant sepish mumkin. Bu teriga o‘ziga xos porlashni beradigan yog‘ sekretsiyasining oldini oladi.
Tirnoq bo‘yog‘ini tozalash vositasi
Shikastlangan manikyurni tezda olib tashlash uchun dezodorantdan foydalanish mumkin. Uni tirnoqqa keraklicha sepib, lakdan xalos bo‘lish juda oson.
Turmak buzilishining oldini oladi
Soch har tomonga uchib, turmagi buzilmasligi uchun yuz atrofidagi soch chizig‘i bo'ylab ozgina dezodorant yoki antiperspirant sepish mumkin. Agar soch kalta bo‘lsa, u holda kosmetik vositadan boshning orqa qismiga ham qo‘llash tavsiya etiladi.
Quruq shampun
Agar sochni yuvishga vaqt bo‘lmasa, dezodorant bu holatda ham qutqaradi. Dezodorant spreyi yog‘ni so‘rib olishi uchun iloji boricha uni teriga yaqinroq holatda sepish kerak.
Oyoqlarning yoqimsiz hidini bartaraf etadi
Alohida oyoq dezodorantini sotib olishning imkoni bo‘lmasa, odatdagi antiperspirantni oyoqlarga sepib, muammoning oldini olish mumkin.
Husnbuzar toshganda yordam beradi
Odatdagidek teri tozalanadi va antiperspirantdan husnbuzar ustiga sepiladi. Antiperspirantlarda mavjud bo‘lgan triklosan bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi.
Mavzuga doir:
- Pishiriqlar uchun mo‘ljallangan pergament qog‘ozdan foydalanishning siz kutmagan 12 usuli
- Ro‘zg‘orda atirsovun yordam beradigan 13 vaziyat
- Kundalik hayotda limon kislotasidan foydalanishning siz bilmagan 5 ta usuli
Manba