Salomatlik Goʼzallik Kosmetik vositalarni tashlab yuborish vaqti kelganini qanday bilish mumkin?

Kosmetik vositalarni tashlab yuborish vaqti kelganini qanday bilish mumkin?

O'qildi: 312


Kosmetik vositalarni tashlab yuborish vaqti kelganini qanday bilish mumkin?

Terining go‘zal va sog‘lom bo‘lishi uchun uni to‘g‘ri parvarish qilishdan tashqari, kosmetik vositalardan ham ehtiyot bo‘lib foydalanish kerak. Negaki, yaroqlilik muddati tugagan krem yoki bo‘yoqlar go‘zallik uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Foto: Freepik

Terini parvarish qilish qiladigan vositalar

Ba’zi vositalar foydalangandan keyin terida paydo bo‘lgan o‘zgarish keyinroq tananing o‘zida ham yuz berishi mumkinligini unutmang. Qolaversa, tabiiy komponentlar aynib qolgan bo‘lsa, terini parvarishlashingiz ham bekor bo‘ladi. Shu sabab har doim krem yoki boshqa vositalarning yorlig‘i bilan tanishish kerak. Ustida 6М yoki 12М degan yozuvning bo‘lishi ochilganidan keyin shuncha oy davomida ushbu mahsulotni ishlatish xavfsiz ekanini bildiradi. Yaroqlilik muddati tugaguniga qadar esa vositani ishlatib, tugatish kerak. Shu sabab ham mahsulotni ochgan vaqtingizni belgilab qo‘ying. Mahsulot bankada bo‘lsa, maxsus tayoqcha yoki paxtali disk ishlating. Iloji bo‘lmasa, barmoqlaringizni solmaganingiz yaxshi. Surtgandan keyin teri qichisa yoki boshqa o‘zgarish kuzatilsa, yuzingizni yuvib tashlang. Hidi yoki rangi o‘zgargan vositalarni esa foydalanmasdan tashlab yuboring.

Tonal krem va konsiller

Tonal krem va konsillerlarni bir yil ichida ishlatib tugatish kerak. Flakoniga qaraganingizda rangi o‘zgargan bo‘lsa, yog‘i ajralib yuzaga chiqib qolgan, konsistensiya suyuqlashgan bo‘lsa, undan foydalanishni bas qilgan yaxshi.

Rumyana va bronzerlar

Bu kabi vositalar 2 yil xizmat qilishining sababi — suv yo‘qligi bilan bog‘liq. Imkoni boricha o‘simlik ekstrakti — aloy, ko‘k choy va moychechak asosida tayyorlangan variantlarni xarid qiling. Tonal krem ustidan rumyana va bronzerning pudrali variantini surtsangiz, bir-biriga mos kelmay qoladi, bu ham yetmagandek, cho‘tkaning tolalari yopishib qolishi mumkin.

Tush

Vaqti-vaqti bilan surtilgan tush 6 oyga, kanda qilmasdan surtilgani esa 3 oyga yetadi. Ammo tushning idishi bakteriyalar to‘planishi uchun ayni muddao ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Braziliyada o‘tkazilgan tadqiqotda ayollar bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilish maqsadida olingan 79 foiz namuna go‘zallik vositadan ham ko‘ra bakterial muhitni eslatishi aniqlangan. Shu sabab ham muddati o‘tgan tushdan ortiqcha foydalanmagan yaxshi.

Podvodka

Podvodkaning idishi ham xuddi tushniki singari bakteriyalar to‘planishi uchun qulay muhit bo‘lishi mumkin. Yaroqlilik muddati 4 oyni tashkil qiladi, lekin oqish narsalarning paydo bo‘lishi, uni almashtirish vaqti kelganini bildiradi.

Pomada va blesk

Pomada va blesklardan 2 yil foydalanish mumkin. Lablarga tekis surtilmasligi va haddan ortiq quruq bo‘lib qolgani pomadadan foydalanish vaqti tugaganini bildiradi.

Makiyaj cho‘tkasi

To‘g‘ri foydalanilgan makiyaj cho‘tkasi 5-7 yil xizmat qilishi mumkin. Tolalari to‘kilishni boshlagani esa yaroqsizga aylanganini bildiradi. Ancha foydalanishni istasangiz, uni ikki haftada bir marta sovunli suvda yuvish kerak. Har safar ishlatgandan keyin esa tozalashni esdan chiqarmaslik kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.