Eskirgan gubkalardan yana qanday maqsadda foydalanish mumkin?
Ma’lumki, idish-tovoq gubkalarini imkon qadar tez-tez yangilab turish lozim. Aks holda turli bakteriyalar jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo eskirgan gubkalarni shunchaki tashlab yuborish kerakmi?“Noviy ochag” nashri eskirgan gubkalardan yana qanday maqsadda foydalanish mumkinligini ma’lum qildi.
Foto: “Noviy ochag”Pedikyur qilish
Pedikyur — bu nozik narsa. Bitta noto‘g‘ri harakat bilan butun ish behudaga ketishi mumkin. Tirnoqlarda go‘zallikni saqlab qolish uchun gubkadan oyoq barmoqlari orasini maxsus ajratkichlar bilan qulaylik yaratish mumkin. Buning uchun gubka bo‘laklaridan foydalanishni tavsiya etamiz.
Muzlatkichdan ortiqcha namlikni olib tashlash
Muzlatkichdagi ortiqcha namlik meva va sabzavotlarning chirishiga olib keladi. Oziq-ovqat bo‘limiga butunlay quruq gubkani joylashtirish kerak. U suvni shimib oladi va shu bilan mevalarni saqlash muddatini uzaytiradi. Iste’mol sodasi esa yomon hiddan xalos qiladi.
Soyabon uchun o‘rnatgich
Gubka soyabon ilgichning pastki qismiga qo‘yiladi. Shunday qilib, pastki qismni namlik va mog‘ordan himoya qilish mumkin. Ilgich tagini muntazam tozalashdan ko‘ra eski gubkani olib tashlash va uni yangisi bilan almashtirish ancha oson.
Tirnoq bo‘yog‘ini tozalash vositasi
Ushbu layfxak ko‘plab paxta yostiqchalarini tejaydi, gubka tirnoq yuzasidan lakni olib tashlashga sarflanadi. Gubka lak tozalash vositasining idish o‘lchamiga ko‘ra kesiladi va unga botiriladi. Kerakli vaqtda gubka o‘zida saqlab turgan vosita bilan lakni o‘chirishi mumkin. So‘ngra yana idishga solinib, qopqoq qismi yopiladi. Vaqti-vaqti bilan gubkalar o‘zgartirib turiladi.
Kir yuvish
Kir yuvish mashinasiga maxsus to‘plarni solish orqali liboslardan soch tolalari va uy hayvoni yunglarini oson tozalash mumkin. To‘plarni xarid qilishda pul sarflamaslik uchun oddiy gubka yordam beradi. Uni 4 bo‘lakka kesib, to‘plar o‘rniga mashinaga qo‘yiladi. Bo‘laklar sonini 10 tagacha orttirish mumkin. So‘ngra quritishga qo‘yiladi.
Manba