Salomatlik Salomatlik Saratonni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 6 ta uy jihozi

Saratonni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 6 ta uy jihozi

O'qildi: 290


Saratonni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 6 ta uy jihozi

Xonadondan joy olgan doimiy jihozlar ham salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin. “Noviy ochag” nashri buyumlarning yashirin xavfi tahdid solmasidan avval ulardan xalos bo‘lishni tavsiya etadi.

Foto: “Noviy ochag”

Divan va kreslo

Divanni umuman olganda to‘rt oyoqli do‘st emas, balki yashirin qotil deb atash mumkin. Gap shundaki, muammo uning faqat jismoniy faoliyatdan chalg‘itishi va o‘troq turmush tarziga o‘rgatishida emas. Ko‘plab yumshoq mebel va hatto matraslar saraton turlarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inga chidamli maxsus vosita bilan ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, mebellarda uchraydigan chang eng xavfli kimyoviy moddalar ro‘yxatiga kiradi. Shuning uchun sevimli divan va kreslolarni muntazam ravishda mukammal tozalashga harakat qilish lozim.

Gilam va pardalar

Agar oila a’zolardan kimdir cheksa, chang yig‘uvchi deb ataladigan jihozlardan parda, gilam, yumshoq o‘yinchoqlar haqiqatan ham xavf tug‘dirishi mumkin. Gap shundaki, ushbu jihozlar sigaret tutunining qo‘shimcha mahsuloti bo‘lgan kadmiyni o‘zida to‘playdi, u ham kanserogen hisoblanadi va umri davomida hech qachon chekmagan odamlarda ham o‘pka saratoni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uy ichida chekishga yo‘l qo‘ymaslik va barcha chiqindi qutilarini muntazam ravishda bo‘shatib turish lozim.

Charm va yog‘och mebellar

Yog‘ochdan yasalgan yoki charm bilan qoplangan mebel sotib olayotganda, ishlab chiqarishda xrom ishlatilganmi yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rishni unutmaslik kerak. Ushbu element kanserogen sifatida salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Tozalovchi mahsulotlar

Maishiy buyumlarni tozalovchi kimyoviy moddalar uydagi eng xavfli narsalardan biridir. Shu tufayli muntazam ravishda ishlatadigan mahsulotlarning tarkibini diqqat bilan o‘rganish muhim, ayniqsa, formaldegidni o‘z ichiga olgan mahsulotlardan foydalanmaslik kerak. Ushbu xavfli kanserogen kosmetika, tozalash vositalari, bo‘yoqlarda ham mavjud bo‘lishi mumkin. Har bir inson bu kabi buyumlarni sotib olishdan oldin mahsulot tarkibini diqqat bilan o‘qib chiqishi maqsadga muvofiq.

Jalyuzilar

Ko‘pincha jalyuzilar samaradorlik maqsadida saraton xavfini oshiradigan ftalatlarni o‘z ichiga olgan plastmassadan tayyorlanadi. Iloji bo‘lsa, yog‘och yoki mato kabi boshqa materiallardan tayyorlangan pardalarni tanlash salomatlik uchun foydali.

Hasharotlarga qarshi vositalar

Kunlar isishi bilan foydalaniladigan pashsha va chivinlardan, uy hayvonlarini esa burgalardan himoya qiluvchi spreylar tarkibida pestitsidlar — kimyoviy birikmalar bo‘lishi mumkin. Afsuski, ular ham kanserogen hisoblanadi. Salomatlikni himoya qilishning eng yaxshi usuli — tabiiy vositalardan foydalanishdir. Ammo sprey mahsulotni afzal ko‘rsangiz, ularning tarkibini diqqat bilan o‘rganib chiqish tavsiya etiladi.

Mavzuga doir:

  • Ratsionga kiritish tavsiya etiladi: saraton xavfini kamaytiradigan 4 mahsulot va bitta ichimlik
  • Ko‘krak bezi saratoni profilaktikasi: kasallik haqida har bir ayol bilish kerak bo‘lgan 10 ta fakt
  • Saraton kasalligining kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan kundalik odatlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.