Infarkt xavfini kamaytirish uchun har kuni necha daqiqa piyoda yurish kerak?
Olimlar yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi kurashda samarali deb hisoblanishi mumkin bo'lgan minimal yurish vaqtini hisoblab chiqdilar. Kun davomida muntazam ravishda ma'lum vaqt piyoda yurish salomatlikka foyda bo‘libgina qolmay, turli xavflarning oldini oladi.
Nima uchun yurish foydali va kuniga necha daqiqa yurish lozim?
Yurish jismoniy va ruhiy salomatlik uchun kuchli vositadir. Bu hech qanday uskuna yoki maxsus kiyimni talab qilmaydigan tanani to‘liq bepul mashq qilish usulidir. U har qanday yoshda va har qanday sog‘liq holatida foydalidir, agar odam yurishga qodir bo‘lsa. Klivlend kasalxonasi sport kardiologiya markazi direktori, doktor Tamanna Singxning so‘zlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari, yuqori qon bosimi, yuqori xolesterin xavfiga ega bo‘lgan odamlarda haqiqiy imkoniyat bor. Ortiqcha vaznlilar muntazam ravishda yurishni boshlasalar yoki, hatto, ko‘proq yurishni odat qilsalar, kelgusida insult va infarktining oldini olishlari mumkin.
Tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, piyoda yurishda ko‘p zo‘riqish kerak emas — yurak sog‘lom bo‘lishi uchun kuniga atigi 21 daqiqa yurish kifoya!Kun davomida bu vaqtni topish unchalik qiyin emas. Shuningdek, mutaxassislar diabet va saraton kabi xavfli kasalliklarning oldini olishda piyoda yurishning samaradorligi, aerobik mashqlarining qon bosimi va xolesterin darajasiga, aqliy faoliyatga ijobiy ta’sirini ta’kidlaydilar.
Yurishni boshlamoqchi bo‘lganlar uchun 3 ta foydali maslahat
Foto: “Noviy ochag”
Agar sizga motivatsiya kerak bo‘lsa, do‘stingizni sayrga olib chiqishga harakat qiling
Do‘stlar bilan yurish sizga bu ishni zavq bilan o‘tkazishga imkon beradi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: agar sizni tashqarida kimdir kutsa, ko‘chaga chiqishingiz deyarli kafolatlanadi va yolg‘iz yurishingiz kerak bo‘lsa, erinib, uyda qolib ketish ehtimoli ko‘proq. Do‘stingiz bilan birgalikda yurish vaqtlari haqida kelishib, o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun yaxshi odatni rivojlantirish uchun javobgar bo‘lasiz. Piyoda yurish odatini qisqa masofalardan boshlang. Mushaklar harakati tanangizga qanday foyda keltirishini his eting va shu bilan birga so‘nggi yangiliklarni qizg‘in muhokama qiling.
Piyoda yurish vaqtida musiqa yoki podkast tinglang
Foto: “Noviy ochag”
Yolg‘iz yurishingizga to‘g‘ri kelsa, foydali podkast yoki sevimli saundtreklaringizni tinglab, odatingizga rang-baranglik qo‘shishga harakat qiling. Telefoningizga uzoq vaqtdan beri o‘qishni xohlagan, lekin bunga vaqtingiz yetmayotgan audiokitobni yuklab oling va uni faqat yurish paytida tinglang.
Kuniga 21 daqiqani to‘liq bajara olmasangiz, bu normal
Ish, oilaviy vazifalar va uy yumushlari orasida o‘zingizga vaqt topish qiyinligini tushunamiz. Bu mutlaqo normal holat, ishoning, siz bu borada yolg‘iz emassiz. Agar kuniga tavsiya etilgan 21 daqiqaga erisha olmasangiz, kamroq vaqtlardan boshlang va asta-sekin oshirib harakat qiling. 2014 yilda Yuta universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ayollar kun davomida tez yurish bilan o‘tadigan har bir daqiqada semirish xavfini 5 foizga kamaytiradi.
Bugun ishdan keyin to‘xtash joyida 5 daqiqa piyoda yurish yoki avtobusdan ertaroq tushib, bir bekat piyoda yurish uchun o‘zingizni sinab ko‘ring. Buning uchun vaqt topishingiz mumkinligini his qilganingizdan so‘ng, yurish tezligi va moyilligini o‘zgartirib, mashqlaringizga turli masofadagi va intensivlikdagi yurishni boshlang. Muntazam mashg‘ulotlarning natijasi uzoq kuttirmaydi.
Manba