Garderobni tartibga keltiramiz: zudlik bilan voz kechish kerak bo‘lgan 7 ta narsa (foto)
Hayotni yangitdan boshlash uchun hech qachon kech emas. Bu barcha sohalar, shu jumladan, uslubga ham tegishli. Bu ish esa avvalo garderobdan boshlanadi. Shunchaki joy egallab turgan kiyimlardan voz kechish garderobni tezroq tartibga keltirishga yordam beradi.
Foto: Getty ImagesBir xil narsalarni kamaytirish lozim
Foto: CosmopolitanOdatda shkafda hech bo‘lmaganda bir xil oq futbolkalardan bir nechtasini topish mumkin. Balki, aksar ayollarda ko‘ylak yoki yubka ham topilar. Lekin ular bir xilligi tufayli ham faqat bittasidan ko‘proq foydalaniladi. Shuning uchun bir xil kiyimlardan xalos bo‘lish kerak.
Ancha yillar avval sotib olingan kiyimlar
Foto: CosmopolitanChindan ham shkafdan 5-10 yil avval sotib olingan kiyimlar ham turadi. Garchi ular xarid qilingandan buyon kiyilmay turgan bo‘lsa-da, undan voz kechish vaqti keldi. Ehtimol, uning shkafda turishi to‘satdan ushbu kiyimni kiyish istagini paydo qilishi uchundir.
Uy uchun eskirgan kiyimlar
Foto: CosmopolitanBexosdan teshilgan shim, cho‘zilib ketgan futbolkalar... Bularning hammasi uyda kiyish uchun saqlanib turaveradi. Ammo ularning orasida ziyofat yoki rasmiy ish uchun mo‘ljallanganlari ham bor. Shuning uchun uyda yumshoq va tabiiy matolardan tikilgan qulay kiyim kiyish tavsiya etiladi. Yaroqsizlaridan esa xalos bo‘lish kerak.
Eskirgan oqshom liboslari
Foto: CosmopolitanGarderobning bir burchagida bundan 20 yil avval bitiruv oqshomida kiyilgan ko‘ylakni ham topish mumkin. Qiziq, o‘sha vaqtda uni qanday qilib kiyganlik to‘g‘risida o‘yga tolish holati paydo bo‘lsa-da, u hanuzgacha shkafda joy egallab turibdi. Yaxshisi, undan boshqa biror foydaliroq narsa yaratgan ma’qul.
O‘lchami mos bo‘lmagan kiyimlar
O‘n yil avvalgi jinsi balki ozg‘inroq vaqtda kiyilgan bo‘lishi mumkin. Lekin oradan o‘tgan yillar mobaynida har qanday qomatda o‘zgarish yuz beradi. Demak, kichkina yoki endi mos bo‘lmagan har qanday kiyimni ham shkafdan chiqarish mumkin.
Ko‘ngilsizlikni yodga soluvchi liboslar
Foto: CosmopolitanGohida shunday vaziyatlar ham ro‘y beradi. Biror ziyofatga kiyilgan kiyimlar o‘zida yuz bergan yomon xotiralarni saqlab qoladi. Unga har safar ko‘z tushganida o‘z-o‘zidan ruhiyatga ta’sir qiladi. Shuning uchun qayta kiyish istagi bo‘lmagan bu kabi liboslarni butunlay unutgan yaxshi.
Qayta to‘g‘rilash imkoni bo‘lmagan liboslar
Foto: CosmopolitanShkafda uyulib yotgan kiyimlar orasidan bir vaqtlar tinimsiz kiyilganlari ham topiladi. Ularni dazmol kuydirgan yoki boshqa kiyimning rangi o‘tganligi uchun ham kiyib bo‘lmaydi. Lekin ularni asrab o‘tirishdan ham biror foyda chiqmasligi aniq. Chunki to‘g‘rilashning yoki kamchiliklarni yashirishning imkoni yo‘q.
Manba